So’nggi yangiliklar

10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  0 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  0 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  6 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  4 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  14 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  4 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  8 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  44 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  1 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2

Gay bilan Kasyan “Andijon”ni tark etdi Yangiliklar

Gay bilan Kasyan “Andijon”ni tark etdi

Joriy mavsum omadsizlikka uchragan “Andijon” muxlislarini uyaltirib qo'ymoqda.
Bitta g'alaba va bitta durangdan tashqari “burgutlar” qolgan 7 o'yinda raqiblariga imkoniyatni boy berdi. Bu esa jamoani turnir jadvalida pastki o'rinlarga “jyolab” qo'ydi. Yaqinda “Nasaf”ni qabul qilgan andijonliklar 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. SHundan so'ng klubda yo'qotishlar kuzatildi.

Gap shundaki, yil boshida murabbiylar shtabida ish boshlagan Robert Gay o'z arizasiga binoan “Andijon”ni tark etdi. Aftidan Robert Sergeevich yana birinchi liga vakili “CHust-Paxtakor”ga qaytadigan ko'rinadi. CHunki chustliklarning bu yilgi qayd etayotgan natijasi yaxshi emas, shu bois rahbariyat yana boshqaruv postiga Gayni taklif etishni ko'zlayotgan bo'lsa ajab emas.

“Andijon”ni murabbiydan tashqari legioner futbolchi Aleksey Kasyan ham tark etdi. Moldoviyalik futbolchi joriy mavsum bir nechta o'yinlarda jamoadoshlarini maydonga sardor sifatida boshlab tushgandi. Lekin u oxirgi paytlarda o'zidan kutilgan o'yinni namoyish eta olmagan ko'rinadi. SHu sababli futbolchi vataniga qaytgan.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin Abduraimov hujumchi Viktor Raskov bilan ham xayrlashishga qaror qilgandi.

Aytishlaricha, birinchi davradan so'ng jamoada jiddiy o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика