So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  8 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Gabriel Jezus qachon safga qaytadi? Yangiliklar

Gabriel Jezus qachon safga qaytadi?

"Arsenal" chempionlik uchun yurishida Gabriel Jezusning safga qaytishidan yanada kuchayadi.

"To'pchilar" hujumchi Gabriel Jezusning maydonga qaytishi bilan uzoq kutilgan Premer-liga chempionligini qo'lga kiritish uchun kurashida katta kuchga ega bo'ladi.

Braziliyalik forvard Jahon chempionati chog'ida noyabr oyida tizzasidan olgan jarohati tufayli shu paytgacha jamoasiga yordam bera olmayotgandi. U SHimoliy Londonga qaytdi va jarrohlik amaliyotidan o'tganidan keyin klub tibbiyot xodimlari tomonidan tiklanish dasturiga olindi. 

Endi xabar qilinishicha, Jezus kutilganidan ancha avval oldingi holatiga qaytishi mumkin. Futbolchi kelasi oy terma jamoalar o'rtasidagi o'yinlar tufayli yuzaga keladigan tanaffus oldidan tayyor bo'lishi mumkin.

Ichki liga o'yinlari "Arsenal" uchun 19 martdagi "Kristall Pelas"ga qarshi bahsdan keyin kichik muddatga to'xtatiladi va aynan mana shu o'yinda Jezus maydonda harakatlanishi mumkin.

Bundan oldin London klubi bir qator muhim o'yinlarni o'tkazadi. Dastlabki ikkitasi shu haftada quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashayotgan "Everton" va "Bornmut"ga qarshi bo'lib o'tadi.

Jamoa ustozi Mikel Arteta hafta oxirida "Lester" ustidan zafar quchilgan o'yin oldidan yulduz hujumchining tiklanishi borasida qisqacha malumot berib o'tgan edi: "Uning holati yaxshilanib bormoqda. Maydonda ko'proq o'ynashga harakat qilmoqda. Uning tizzasida og'riq paydo bo'lmayapti, bu chindanda ijobiy holat".

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика