So’nggi yangiliklar

07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0 06:46Суперлига. Бугун ўзбек Эл Классикоси бўлиб ўтади  5 01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  1 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  1 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  11 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  37

Futzal. Vetnam-2014. O'zbekiston qo'lida turgan uch ochkodan mahrum bo'ldi Yangiliklar

Futzal. Vetnam-2014. O'zbekiston qo'lida turgan uch ochkodan mahrum bo'ldi

Bugun futzal bo'yicha Osiyo chempionatining birinchi turiga yakun yasaladi.
Afsuski terma jamoamiz shundoqqina qo'lida turgan g'alabadan mahrum bo'ldi. So'nggi daqiqalarda o'tkazib yuborilgan ikkita to'p va O'zbekiston faqatgina bir ochko bilan cheklanmoqda.

"D" guruhi, 1-tur
Qirg'iziston - O'zbekiston
2:2

Bosh hakam: Skott Kidson (Avstraliya)
Yordamchi hakamlar: Hasan Al-Gburi (Iroq), Zang Yuze (Xitoy)
To'rtinchi hakam: Helday Idang (Malayziya)
Uchrashuv komissari: Vinsent Yuen (Gongkong)

Gollar: Erkin Tabaldiev (5, avtogol), Farxod Abdumavlonov 17 - Ulan Riskulov 38, Emil Kanatov 39

Qirg'iziston: (boshlang'ich tarkib) Nikolai, Ulan Riskulov, Ruslan, Erkin Ermekov, Marat Duvanaev.

Zaxiradan o'yinga qo'shiladiganlar: Kirill Ermolov, Mirlanbek, Ilias, Erkin Tabaldiev, Ersultan Ermekov, Maqsadbek, Mihail Sundeev, Vadim Kondratkov, Emil Kanatov.

O'zbekiston: (boshlang'ich tarkib) 1.Rustam Umarov, 2.Umid Xolmatov, 4.SHuhrat Tojiboev, 8.Farxod Abdumavlonov, 11.Artur Yunusov.

Zaxiradan o'yinga qo'shiladiganlar: 12.Klim Tyugaev, 3.Javlon Anorov, 5.Maqsud Fayzullaev, 6.Davron Abdurahmonov, 7.Dilshod Raxmatov, 9.Andrey SHlema, 13.Davron CHoriev, 14.Azam Saidaxmatov, 15.Jasur Sodiqov.


Jamoalar O' YU D M UG O'G T-N O
Yaponiya 1 1 0 0 12 0 12 3
Qirg'iziston
1 0 1 0 2 2 0 1
O'zbekiston 1 0 1 0 2 2 0 1
Janubiy Koreya
1 0 0 1 0 12 -12 0


Matnli translyaciya

Uchrashuv yakunlandi.

39' Gol, 2:2. Emil Kanatov hisobni tenglashtirdi.

38' Dilshod Raxmatov bo'sh qolgan darvozani nishonga ola bilmadi, masofa ham ancha uzoq edi.

38' Gol, 1:2. Ulan Riskulov qirg'izistonliklarga umid bermoqda.

36' Qirg'iziston va-bankka yurdi, bosh murabbiy Rustam Isaev o'ynovchi darvozabonni tushirdi.

35' Artur Yunusovning o'ng burchakdan bergan zarbasi darvoza ustunini qidirib topdi.

33' O'yin biroz tinchlangandek, lekin aslo hotirjamlikka berilish kerak emas.

27' Darvozamiz oldida juda va juda xavfli vaziyat bo'ldi, Umarov bu safar oyoqlari bilan to'pni qaytardi.

25' Rustam Umarov yana o'zini ko'rsatdi, u Erkin Ermekovning murakkab zarbasini qaytardi.

24' Terma jamoamiz ikkinchi bo'limni ishonchli boshladi. Farhod Abdumavlonovda juda yaxshi imkoniyat bo'lgandi, ammo raqiblarimizni goldan darvozabon qutqarib qoldi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga etdi. Hozircha, Qirg'iziston - O'zbekiston 0:2.

Artur Yunusov o'ng qanot bo'ylab kirib bordi va zarba berdi, Farhod esa to'pni darvozaga to'g'rilab yubordi.

17' Gooooolll, Farhod Abdumavlonovvv, 0:2.

15' Qirg'iziston terma jamoasining navbatdagi hujumidan so'ng Rustam Umarov yana jamoamizni qutqardi.

13' Terma jamoamizni qo'llab turish uchun borgan muhlislarimiz ancha faollar.

12' Jamoalar yuqori tempni ushlab turishibdi.

9' Andrey SHlema juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadi, bir metr masofadan to'p kirita olmadi.

8' Raqiblarimiz ketma-ket zarba berishdi, Rustam Umarov bartaraf etdi.

5' Goooool, Erkin Tabaldiev avtogol muallifiga aylandi, 0:1.

1' O'yindagi birinchi zarbani Qirg'iziston terma jamoasi azosi Erkin Ermekov berdi, Umarov o'z joyida.



Uchrashuv boshlandi.

Musobaqaning "D" guruhidan o'rin olgan terma jamoamiz dastlabki turda Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi parketga chiqadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanadi. Har ikki jamoaning tarkiblari elon qilindi, demak, O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalarining boshlang'ich tarkiblari bilan tanishib oling.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика