So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Futzal. CHernogoriya tarixidagi eng katta mag'lubiyatlardan birini O'zbekistondan qabul qilib oldi Yangiliklar

Futzal. CHernogoriya tarixidagi eng katta mag'lubiyatlardan birini O'zbekistondan qabul qilib oldi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Xorvatiyadagi yig'in doirasida CHernogoriya termasiga qarshi bahs olib bordi.

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi. "Sportskaya Dvorana" majmuasi, Novigrad

30 yanvar, 20:00

CHernogoriya - O'zbekiston 1:8

Gollar: Efovich Ariyan (30) - Ilhomjon Hamroev (4, 21, 22), Davron CHoriev (9, 15), Sunatulla Jo'raev (12), Ixtiyor Ropiev (23), Husniddin Nishonov (33)

CHernogoriya (birinchi beshlik): 5. CHorovich Eldin (S), 11. Spasoevich Marko 12. Sekulich Milun, 10. CHimbalevich Nikola 16. Obradovich Aleksadar

Zaxira: 1. Jurkovich Balsa, 2. Milanovich Duro, 3. Efovich Ariyan, 4. Markovich Luka, 6. Vukovich Kosta, 7. Balich Ermin, 8. Vidakovich Nikola, 9. Vuletich Luka, 14. Kandich Anlel

O'zbekiston (birinchi beshlik): 12. Ravshan Eliboev, 2. Anasxon Rahmatov, 3. Mashrab Odilov, 7. Dilshod Rahmatov, 11. Akbar Usmonov

Zaxira: 1. Rustam Umarov, 4. Ixtiyor Ropiev, 6. Ilhomjon Hamroev, 5. Davlat Ibragimov, 8. Husniddin Nishonov, 9. Elbek To'lqinov, 10. Davron CHoriev, 13. Abdulla Solihov, 14. Sunnatulla Jo'raev


O'YIN YAKUNLANDI

40. O'yin so'nggida qo'polligi sabab Sunnatulla Jo'raev sariq kartochka oldi.

38. Obradovich Aleksadar qo'pol harakati uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi".

38. Bahodir Ahmedov jamoamiz uchun taym-aut oldi.

37. O'yin biroz sokinlashib qoldi, ammo vakillarimiz aniq va ishonchli harakat qilishmoqda.

Ayni paytdagi hisob 1:8. Raqibimiz tarixidagi eng katta mag'lubiyatini aynan shunday hisob bilan Serbiyadan qabul qilgan (2009 yil).

33. GOOOOOL!!! Husniddin Nishonov uzoqroq masofadan chiroyli gol urmoqda! 

30. GOL! CHernogoriyaliklar ham gol urishdi. Uzoq masofadan berilgan zarbadan so'ng to'p Eliboev darvozasidan joy oldi. Gol muallifi Efovich Ariyan.

27. Vakillarimiz tomonidan ikkinchi taymda ishlatilgan ikkinchi qo'pollik guvohiga aylandik.

26. Akbar Usmonov kuchli zarbasi bilan raqib darvozasini ishg'ol qilmoqchi bo'ldi, ammo raqib darvozaboni qiyinchilik bilan zarbani bartaraf etdi.

25. O'zbekiston termasi bugungi o'yinda juda erkin harakatlanmoqda va raqiblariga master-klass namoyish etishmoqda desak oshirib yubormagan bo'lamiz.

23. GOOOOLL! Vakillarimiz CHernogoriya darvozasiga yana yo'l topishdi! Bu safar Ropiev.

22. Hamroev yana bitta gol urdi. Ajoyib!

21. Ilhomjon Hamroevdan dubl!!! Futbolchimiz sherigining pasidan so'ng deyarli bo'sh qolgan darvozani qiyinchiliksiz ishg'ol qildi.

20. Hakam ikkinchi taymga start beruvchi hushtakni chaldi. 

2-BO'LIM


20. Birinchi taym yakunlandi. "Oq bo'rilar" raqibga imkoniyat qoldirishmayapti!

18. CHernogoriyalik futzalchi vakilimizga nisbatan fol ishlatdi, bu boradagi statistika esa tenglashdi - 4:4.

17. Follar statistikasi. 3:4. O'zbekistonda ko'proq

15. Bu safar Davron CHoriev qarshi hujum davomida uzoq masofani bosib o'tdi va raqib darvozasini ishg'ol qildi! Dubl!

12. Sunatulla Jo'raev jarima zarbasini golga aylantirdi. Qoyil!

10. Raqiblar taym-aut olishdi.

9. GOOOOOLL!!! Ajoyib goll! Jarima zarbasidan so'ng to'p CHorievga kelib tushdi va u raqib darvozasini qiyinchiliksiz ishg'ol etishdi. Kombinaciya ajoyib ijro etildi.

9. Ixtiyor Ropievga qarshi qo'pollik! Xavfli jarima zarbasini amalga oshiramiz.

7. Ravshan Eliboevdan ajoyib seyv! Posbonimiz jamoamizni muqarrar goldan saqlab qoldi.

6. Yana o'sha Kosta diqqat markazida, u maydon markazida Akbar Usmonovni qo'pollik evaziga to'xtatib qoldi.

6. Vukovich Kosta darvozamizni nishonga oldi, ammo uning zarbasiga aniqlik etishmadi.

4. GOOOLL! Kutilganidek, vakillarimiz hisobni ochishdi. Gol muallifi Ilhomjon Hamroev!

4. Ropiev qulay vaziyatdan foydalana olmadi, raqibning jiddiy xatosidan so'ng O'zbekiston hisobni ochishi mumkin edi.

2. CHernogoriya hozircha to'pga ko'proq egalik qilishga urg'u bermoqda, vakillarimiz esa faol pressingda.

1. O'yinga start berildi!

- Assalomu aleykum qadrli do'stlar! Tez orada boshlanadigan futzal bo'yicha o'rtoqlik o'yini doirasidagi O'zbekiston - CHernogoriya bahsini birgalikda kuzatib boramiz.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика