So’nggi yangiliklar

08:26Эрон клуби Одил Ҳамробеков трансфери учун "Бунёдкор"га қанча тўлади?  0 07:52"Интер Майами" "Ред Буллз"ни 5:1 ҳисобига ютди — Мессидан дубль  3 07:10"Бунёдкор" дарвозабони ОКМКга ўтди  0 00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  3 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  1 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  5 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  3 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  5 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  16 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0

Futzal. O'zbekiston raqibi Janubiy Koreya futboldagi kabi kuchlimi? Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston raqibi Janubiy Koreya futboldagi kabi kuchlimi?

Xabaringiz bor, 1-11 fevral kunlari Xitoy Taypei mamlakatida futzal bo'yicha 15-Osiyo chempionati bahslari bo'lib o'tadi.

Unda Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.

Guruhimizdan Yaponiya, Tojikiston va Janubiy Koreya jamoalari joy olishgan.

Ko'pchilik O'zbekiston o'lim guruhiga tushgan deb hisoblamoqda. Sababi muxlislar Yaponiya va Janubiy Koreya deganda doim kuchli jamoani ko'z oldilariga keltirishadi. To'g'ri Yaponiya xuddi futbolda bo'lgani kabi nafaqat Osiyoda balki Jahonda ham kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Ammo Janubiy Koreya futzal terma jamoasi futboldagi kabi kuchga ega emas. Biz raqibni erga urmoqchi emasmiz shunchaki Janubiy Koreyani futzaldagi natijalarini keltirmoqchimiz xolos.


Janubiy Koreya terma jamoasi hech qachon Osiyo chempioni bo'lmagan. Eng yuqori natijasi ikkinchi o'rin. U ham olis 1999 yilda qo'lga kiritilgan. 2001 va 2002 yillarda koreyslar mos ravishda 3 va 4-o'rinni egallashgan. Keyingi ikki Osiyo chempionatida jamoa chorak finalga qadar etib borgan. Keyingi 5ta qita chempionatida koreyslar guruh bosqichidan chiqa olishmadi. 2016 yil Toshkentda o'tgan Osiyo chempionati esa Janubiy Koreyasiz o'tdi. Jamoa saralashdan ham o'ta olmadi.

SHu bois guruhdan chiqish uchun asosiy davogarlar sifatida Yaponiya va O'zbekistonni aytish mumkin. Janubiy Koreya ayni paytda FIFA reytingida 71-o'rinda. Qo'shnilarimiz Tojikiston esa 72-pog'onadan joy olishgan. O'zbekiston dunyoda 26-o'rinda, Yaponiya esa 15-o'rinda joylashgan.


O'zbekiston futzal terma jamoasi 4 marta Osiyo vice-chempioni bo'lgan. Ikki marta 3 va bir marta 4-o'rinni egallagan. Bugungi kunda terma jamoamiz tarkibi anchagina yoshartirilgan va yangi futzalchilar etishib chiqishmoqda. Ko'plab o'yinchilar uchun bu birinchi Osiyo chempionati bo'ladi.

Bu maqola orqali osonlik bilan guruhdan chiqamiz demoqchi emasmiz. Har bir jamoa futzalchilari o'z yurtlari shani uchun kurashishadi, shunchaki mag'lub bo'lish uchun hech kim Osiyo chempionatiga kelmaydi. SHunchaki Janubiy Koreya futboldagi kabi kuchli emasligini muxlislarimizga tushuntirdik xolos.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика