So’nggi yangiliklar

14:19Антони МЮдаги ёзги давр ҳақида: "Менга ҳурматсизлик қилишди"  0 13:24Обамеянг – бир ўйиннинг учта голида иштирок этган ЧЛнинг энг кекса футболчиси  1 12:57Гюндоган "Галатасарой"нинг уйдаги ғалабаси ҳақида: "Ливерпуль" футболчиларидан бири менга келиб сўради: "Бу ерда доим шундай атмосфера бўладими?"  2 12:38Жейми Каррагер: "Виртцни "Ливерпуль" асосий таркибидан чиқариш керак"  3 11:51Нойер – журналистга "Пафос"нинг голи ҳақида: "Сиз дарвозабон бўлганмисиз?"  2 10:48The Telegraph АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши мураббийлар рейтингини тузиб чиқди  8 10:18Гризманн "Атлетико" тарихидаги ушбу натижага эришган илк футболчига айланди  5 09:52"Қайрат" бош мураббийи "Реал"дан учралган мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 09:25ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Аргентина ўйинларда иштирок этишдан бош тортди, биз эса Уругвай билан келишувга эришдик"  10 09:07Sofascore. "Галатасарой"га мағлуб бўлган "Ризеспор"нинг ҳимоясидаги энг катта баҳони Алиқулов олди  8 08:58Мбаппе: "Буни унутишга ҳеч қачон ҳаққимиз йўқ"  13 08:50МЛС. 8 та гол урилган учрашувда "Интер Майами" мағлубиятга учради, Суарес иккита гол урди  33 08:02ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" "Ал Аҳли"ни меҳмон қилади  11 07:35Бум! Ўзбекистон мундиал стартидан олдин ЖЧ мезбони билан ўйнайди  23 02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  13

Futzal. O'zbekiston - Iroq uchrashuvidan oldin murabbiylar fikrlari Yangiliklar

Futzal. O'zbekiston - Iroq uchrashuvidan oldin murabbiylar fikrlari

Teglar :  Futzal
16 fevral kuni Osiyo chempionati chorak finalidan oldin 8ta jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Dastlab O'zbekiston - Iroq murabbiylari o'z fikrlarini bildirishdi.

Xaitxam Abbos (Iroq bosh murabbiyi):  Ertaga juda qiyin o'yin bo'ladi. Birinchidan, O'zbekiston juda kuchli raqib. Ikkinchidan, O'zbekiston o'z maydonida o'ynaydi. Ularda kuchli murabbiy bor, ammo biz bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Xose Mariya Mendez (O'zbekiston bosh murabbiyi): Ertangi o'yin qanchalik qiyin va murakkab kechishini bilamiz. Iroq jamoasi safida klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida g'olib bo'lgan klubdan 12 nafar futzalchi Toshkentga kelgan. Bu bosqichda Iroqni engib o'tish juda qiyin bo'ladi. Ilk turda iroqliklar Xitoyni 6:1 hisobida taslim qildi. Bu ikki jamoa hali Jahon chempionatiga chiqmagan, shu bois o'yin muhim o'yin bo'ladi. Ertaga ishqibozlarni xursand qilishni va yangi tarix yaratishga urinib ko'ramiz.

- O'yindan keyingi matbuot anjumanida to'rt nafar futzalchi shamollab qoldi degandingiz. Ularning ahvoli qanday?
Xose Mariya Mendez:
Ular ertaga albatta maydonga tushadi. Balki 100 foiz tayyormasdirlar, lekin juda muhim o'yin bo'lgani uchun borlarini berib o'ynashadi.

- O'zbekiston musobaqa davomida hamon birinchi raqam bo'lib o'ynay olmayapti. Bu sizni tashvishga solmayaptimi?
Xose Mariya Mendez:
Terma jamoamiz o'yindan o'yinga kuchayib boradi. Hozir eng kuchli o'yinimizni ko'rsatganimiz yo'q. Bu normal holat. Ertaga avvali o'yinlardan yaxshiroq o'ynashi shart. Buni maydonda isbotlamoqchimiz.

- Ertaga Iroq futzalchilari ishqibozlarning bosimini qanday engib o'tishmoqchi?  
Xaitxam Abbos:
Biz bilamiz O'zbekiston terma jamoasi muxlislari o'z jamoalarini ajoyib tarzda qo'llab turishibdi. Futzalchilarimiz bor etiborlarini o'yinga qaratishadi.

- O'zbekiston va Iroq Osiyo chempionatida faqat bir marta, 2007 yilda to'qnash kelgandi. O'sha jamoadan hozir kimlar qolgan?
Xaitxam Abbos:
- 2007 yildan keyin Iroqda futzal juda rivojlandi. Buni klublarimiz Osiyo chempionati yarim finaliga chiqqanida ko'rishimiz mumkin. Undan tashqari O'zbekistonda ham futzal rivojlangan deb o'ylayman. Ertaga qiziqarli o'yin bo'lishi kutilmoqda.

- Pley-off bosqichi boshlandi. O'yindan keyingi penaltilarga tayyormisizlar? Raqib posbonlarini o'rganib chiqdinglarmi?
Xaitxam Abbos:
- Albatta biz penaltilar tepishni mashq qildik. Futzalda hamma narsa bo'lishi mumkin, shu bois bunga ham tayyorlandik. Darvozabonimiz ham bu borada mashg'ulot o'tkazdi. Bu har bir musobaqada bo'ladigan holat, barchasi tayyormiz.

Xose Mariya Mendez: - Kimlar penaltilarni tepishini va darvozabon qanday harakat qilishi haqidagi malumotlarni qo'lga kiritish juda qiyin. Ammo buni topa olsak musobaqada bizga katta yordam beradi.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика