So’nggi yangiliklar

00:05ЕЧЛ. "Бавария" - "Челси" (онлайн ҳисоб)  6 00:05ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Атлетико"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  6 23:54ОЧЛ 2. Эроннинг "Истиқлол" клуби "Ал Васл"га ўта йирик ҳисобда мағлуб бўлди. Ўзбек футболчилари қайдномада йўқ эди  0 22:53ОЧЛ 2. "Андижон"нинг гуруҳидаги иккинчи ўйинда ҳам дуранг қайд этилди  20 22:32Тақиқланган модда Мудрикнинг қонига терма жамоа йиғини пайт тушгани маълум бўлди  0 22:02Анри "Арсенал" ҳақида: "Уларда деярли иккита жамоа мавжуд. Бу йил албатта бирор нарса ютиш шарт"  3 21:10Хейсен «Сосьедад»га қарши ўйиндаги ўз четлатишини ВАР бекор қилиши керак эди деб ҳисоблайди  6 20:38ОЧЛ-2. "Андижон" меҳмонда "Аркадағ" билан дуранг ўйнади  122 19:36Гвардиола «Ман Сити»ни ЧЛда ғолибликка даъвогар деб ҳисобламайди: «Аниқ йўқ. Фақат лаҳзалардан роҳатланиб, бу ерда бўлганимиздан хурсандмиз»  6 18:31Собиқ ҳакам Буррул «Реал»нинг иккинчи пенальтиси ҳақида: «Нотўғри белгиланган. Ўйинчи йиқилди, қўл ҳаракати табиий»  33 17:29"Қизилқум" майдондан чиқишни хоҳламаган футболчи билан шартномани бекор қилди  14 17:15Қайси клуб ҳозирги таркиби учун энг кўп пул сарфлаган?  9 16:50Пролига 15-турида ишловчи расмийлар  0 16:21Осиё томон йўлга чиқиш навбати "Андижон"га — ОФКнинг клублар мусобақаларида қатнашган барча ўзбек клублари  20 16:06"Реал" юлдузларидан бири 1.5 ойга сафдан чиқди  8

Futzal. Osiyo chempionati Turkmanistonda emas, boshqa mamlakatda o'tishi mumkin Yangiliklar

Futzal. Osiyo chempionati Turkmanistonda emas, boshqa mamlakatda o'tishi mumkin

Taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbaev futzal bo'yicha Osiyo chempionati haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Quvayt futbol associaciyasi klublarni mamlakat chempionati rasman noyabr oyining ikkinchi yarmiga qoldirilgani haqida xabar berdi. Bu muddat futbol associaciyasining 4 noyabrdan 15 aprelga qadar futzal bo'yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rishi kerakligiga ham ishoradir.

Eslatib o'taman, Turkmaniston ushbu musobaqani fevralda qabul qilishi kerak edi. Ammo, hali koronavirus rasman qayd etilmagan Turkmaniston chegaralarni yopib qo'ydi va musobaqa avgustga ko'chirildi. Keyinchalik Turkmaniston musobaqani kuzda ham qabul qila olmasligi oydinlashdi. SHu bilan birga OFK homiylar oldidagi majburiyatlar sabab Osiyo chempionatini kelasi yilga qoldira olmaydi. Yakunda, Turkmanistonning o'rniga boshqa mamlakat topilganga o'xshadi.

Agar Quvayt shu Osiyo chempionatini qabul qilsa, "B" guruhida Quvaytning raqiblari Yaponiya, Livan va Qirg'iziston bilan o'yinlar yana ham muhimroq bo'ladi. Barcha Osiyo chempionatlari reytingida Yaponiya ikkinchi, Qirg'iziston beshinchi, Livan ettinchi va Quvayt sakkizinchi o'rinda bormoqda. Ushbu guruh boshidan "o'lim guruhi" bo'lgan. Quvayt esa musobaqa mezboni bo'lishi mumkin.

Albatta, Turkmaniston va Quvaytning joylarini almashtirish mumkin edi. Turkmaniston musobaqa mezboni sifatida birinchi savatchada o'z o'rnini egallagan. Bu statusning olib qo'yilishi esa o'z-o'zidan imtiyozlardan ham mahrum etilishiga olib kelinishi mumkin", - deb yozadi Nikimbaev.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика