So’nggi yangiliklar

16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  4 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  33 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  32

Bahodir Ahmedov: "Asosiy maqsadimiz, yoshlarni sinovdan o'tkazib, Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishish" Yangiliklar

Bahodir Ahmedov: "Asosiy maqsadimiz, yoshlarni sinovdan o'tkazib, Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishish"

Xabaringiz bor, shu yilning 1-11 fevral kunlari Xitoy Taypeyida futzal bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatining “V” guruhidan joy olgan bo'lib, guruhdan chiqish uchun Janubiy Koreya, Yaponiya, Tojikiston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Bugun 31 yanvar kuni “V” guruhidagi terma jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Husayn SHodiev (Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi): Terma jamoa Osiyo chempionatiga tayyorgarlikni 10 yanvar kuni boshladi. Yig'in davomida Qozog'istonga safar uyushtirib, “Qayrat” klubi va Qirg'iziston terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazdik. Asosiy etibor Yaponiyaga qarshi dastlabki o'yinga qaratilgan. Jamoada hech qanday bosim yo'q. O'tgan yili Taylanddagi U-20 Osiyo chempionatida Yaponiya yoshlari bilan 5:5 hisobida durang o'ynagandik. Umid qilamanki, mazkur natija yigitlarimga ishonch keltiradi. Ushbu turnirga U-20 Osiyo chempionatida qatnashgan 7 nafar futzalchini olib kelganmiz.


Bruno Garsiya (Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi): Yaponiya terma jamoasi bir hafta davomida o'quv-mashg'ulotlar o'tkazdi. Yig'in davomida Jahon chempioni sanalgan Argentina futzal terma jamoasi bilan o'ynadik. Ushbu o'yin tayyorgarlik jarayonimizga ijobiy tasir ko'rsata oldi, deb ayta olaman. Osiyo chempionatida har bir o'yinga jiddiy yondoshish kerak bo'ladi.


Bahodir Ahmedov (O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi): Eronda bo'lib o'tgan saralash bahslaridan keyin Toshkentda o'quv-mashg'ulotlar yig'inini o'tkazdik. Tayyorgarlik jarayoni yaxshi kechdi, tarkibimizda yoshlar ko'p. Asosiy maqsadimiz, yoshlarni sinovdan o'tkazib, Osiyo chempionatida yuqori natijalarga erishish. Birinchi o'yin Janubiy Koreyaga qarshi bo'ladi. Raqibni hurmat qilgan holda, dastlabki bahsni o'z foydamizga hal qilishga harakat qilamiz.

Li Sang Jin (Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi): Guruhdagi barcha raqiblar kuchli ekanini yaxshi bilaman. Ammo har qanday sport turida autsayder hisoblangan jamoa kuchlilarni yuta olishi ko'p kuzatiladi. Biz ham kuchlilarni yutishga harakat qilamiz. O'zbekiston bilan 2014 yili yuzma-yuz kelib, mag'lubiyatga uchraganmiz. O'shanda men bosh murabbiy yordamchisi bo'lganman. Bu safar yaxshi natija ko'rsatishga umid qilaman.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика