So’nggi yangiliklar

14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  0 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  1 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  2 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  4 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  1 08:10Файзуллаевнинг трансфери иккинчи бўлди  3 07:35Суперлига. Бугун Жиззахда ва Наманганда ўйинлар бор  4

Futzal: Osiyo chempionati-2016 saralash bosqichiga qura tashlandi Yangiliklar

Futzal: Osiyo chempionati-2016 saralash bosqichiga qura tashlandi

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2 sentyabr kuni futzal bo'yicha Osiyo chempionati-2016 saralash bosqichiga qura tashlandi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatining final bosqichi 2016 yilning 9 - 21 fevral kunlari O'zbekiston poytaxti Toshkent shahrida bo'lib o'tadi.

Qura natijalari quyidagicha bo'ldi.

G'arbiy Osiyo mintaqasi (ikkita guruhga ajratildi, har bir guruhdan ikkita jamoa final bosqichiga chiqadi)

"A" guruhi: Livan, Saudiya Arabistoni, Baxrayn, Iordaniya
"B" guruhi: Iroq, Qatar, BAA

Ushbu mintaqa jamoalari o'rtasidagi o'yinlar 1-3 oktyabr kunlari Malayziyada o'tkaziladi.

Markaziy Osiy mintaqasi (ikkita jamoa final bosqichiga chiqadi)

Bu mintaqadan saralash bosqichida ishtirok etadigan jamoalar soni 4ta bo'lgani sabab ular uchun qura o'tkazilmadi.

"A" guruhi: Tojikiston, Qirg'iziston, Turkmaniston, Afg'oniston

Bu mintaqa jamoalari o'yinlari 14-16 noyabr kunlari Tojikistonda bo'lib o'tadi.

SHarqiy Osiyo mintaqasi (ikkita jamoa final bosqichiga chiqadi)

Ushbu mintaqadan saralashda ishtirok etadigan jamoalar soni 5ta bo'lgani uchun guruh qurasiz aniqlandi.

"A" guruhi: Mo'g'iliston, Xitoy Taypey, (Xitoy), Janubiy Koreya, Gongkong.

Bu mintaqa jamoalari o'yinlari 14-16 noyabr kunlari Mo'g'ilistonda bo'lib o'tadi.



Yaponiya, Eron va O'zbekiston terma jamoalari 2014 yili Vetnamda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida eng yaxshi natija ko'rsatgan jamoalar sifatida to'g'ridan to'g'ri final bosqichiga yo'llanma oldi. O'zbekiston navbatdagi Osiyo chempionati mezboni sifatida ham to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgani uchun avvalgi chempionatda to'rtinchi yaxshi natijani qayd etgan Quvayt terma jamoasi ham final bosqichiga saralashsiz yo'llanma oldi.


Diqqat tanlov!

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика