So’nggi yangiliklar

09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  0 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  2 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  6 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  0 02:14Ўзбекистон U20 термаси Аргентинага мағлуб бўлди  4 01:45Миллатлар лигаси. Германия, Туркияда ғалаба ва бошқа натижалар  0 01:24Миллатлар лигаси. Польшадаги стадионда чироқ ўчиб қолди  1 00:44Мудрик 5 ой деганда гол урди  2 00:14Тухель Англияда иш бошлаши мумкин  2 23:54Ўртоқлик ўйини. "Бунёдкор" - ОКМК 5:5  1 23:34“Андижон” ўртоқлик учрашувида ғалаба қозонди   2 22:54Қизиқ хабар! Ўткир Юсупов туфайли "Фулад" ходими ишдан кетди  20 22:35"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 22:18Бернд Шустер: "Мбаппе нима қилиш кераклигини яхши билади"  1 21:51"Милан" президенти "Сан-Сиро"ни қадимий иншоот деб атади  0

Futzal. "Mashg'ulotlardagi ishlanmalarimiz o'yinda unutilmoqda" - murabbiylarning bugungi o'yinlar haqidagi fikrlari Yangiliklar

Futzal. "Mashg'ulotlardagi ishlanmalarimiz o'yinda unutilmoqda" - murabbiylarning bugungi o'yinlar haqidagi fikrlari

Teglar :  FutzalOliy liga
Futzal bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasi 4-tur o'yinlari o'tkazilmoqda.

Iskandar Mahmudov ("Stroitel-Zarafshon" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Nihoyat, shogirdlarim men nima xohlayotganimni, nimalar o'rgatayotganligimni oz bo'lsa-da, amalda ko'rsata olishdi. Maydonda ikkita teng kuchli jamoalar harakat qilishdi va hisob ham shunga yarasha bo'ldi.

Aslida uchrashuvning so'nggi daqiqasigacha tashabbus ham, hisob ham bizning foydamizga ishlayotgan edi. Lekin besh o'yinchiga qarshi kurashishda yigitlarimizga tajriba etishmadi. Vaholanki, mashg'ulotlarda buning ustida ko'p ishlayapmiz, ammo maydonda o'rgangan amallar unutilyapti. Demak, hali ko'p ishlashimiz kerak ekan.

Dilshod Haydarqulov ("Dinamo" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Uchrashuvni og'ir boshladik, shuning evaziga birinchi bo'limda darvozamizdan gol o'tkazib yubordik. Tarkibimiz yosh yigitlardan tashkil topgani uchun biroz tajriba etishmayapti. Bir necha golli vaziyatlar sodir etishyapti, lekin ulardan foydalana olishmayapti. Hatto bir gal ochiq darvozaga ham gol ura olmadik. Lekin baribir shogirdlarim oxirigacha kurashishdi, aynan so'nggi daqiqalarda hisobni tenglashtirib, bir ochko bo'lsada qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Ayniqsa zaxira darvozabonimiz Ikrom Karimov jamoadoshlarini mag'lubiyatdan qutqarishda jonbozlik ko'rsatdi.

Ahadjon Yusupov ("Lokomotiv" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Bugun mashg'ulotlarda nimani o'rgangan bo'lsak, shogirdlarim maydonda shuni ko'rsata olishdi. Kecha bizdan omad yuz o'girgan bo'lsa, bugun kulib boqdi. SHuning uchun buni futbol deyishadi, bugun unaqa, ertaga bunaqa. Qolaversa, raqib jamoaning zaxira o'rindig'i qisqa bo'lganligi ham bizning foydamizga ishladi – raqibimiz charchab qoldi, bundan biz unumli foydalandik.

"Nasaf" jamoasida olti futzalchi bor, ular munosib qarshilik ko'rsatishgani uchun rahmat aytaman. Keyingi o'yinlarni ham shu darajada davom ettirish ustida 

Alisher Yusupov ("Nasaf" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- Yigitlarimiz bugun umuman o'z o'yinini o'ynashmadi. Na taktikada, na texnikada va na hujumu himoyada avvalgi harakatlarini takrorlay olishmadi. "Lokomotiv" esa kecha mag'lubiyatga uchragani uchun ham bugun maydonga butunlay boshqacha kayfiyatda tushdi. Maydonning har qarichida jangovor kurash olib borishdi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman.

Ikkinchi davraga yanada jiddiyroq tayyorgarlik ko'ramiz.

Bahodir Ahmedov ("Huaxin-Jizzax" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yinni qiyin boshladik. SHogirdlarimda eski kasallik takrorlandi – hujum qiladi, vaziyat yaratadi, lekin darvozaga gol ura olmaydi. Yaxshiki, so'nggi besh daqiqada o'z o'yinlarini topishdi. Besh daqiqada to'rtta gol urib, ustunlikni o'z qo'llariga olishdi.

Farg'onaliklar tarkibida tajribali futzalchilar bor. Etarlicha qarshilik ko'rsata olishdi. Buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Asosiy maqsadimiz birinchi davraning so'nggi turini ham ko'tarinki ruhda o'tkazish edi va biz bunga erishdik.

Farruh Zokirov ("Neftchi" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- CHempionat favoritiga qarshi to'p surish hammaga ham oson emas. Kutilganidek, xalqaro tajribaga ega jizzaxliklar o'yinda yaqol ustunlik qilishdi. Kecha "Bunyodkor"ga qarshi ko'p harakat qilganimiz, zaxira o'rindig'imiz qisqaligi sezildi.

G'alaba bilan raqib jamoani tabriklayman. Ikkinchi davrada o'yin uslubimizni yanada boyitishga harakat qilamiz.

Ravshan Rajabov ("Metallurg" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- O'yin qiyin kechdi. Tanlagan taktikamiz ish berdi. Himoyada tartibli o'yin ko'rsatib, vaziyat paydo bo'ldi deguncha hujumga otlanish ko'rsatmasi berilgandi. SHogirdlarim rejamni bajarishdi. Bu turda yuz foizli natija qayd eta oldik. Buning uchun yigitlarimizga rahmat aytaman.

Xurshid Tojiboev ("Navbahor" futzal jamoasi bosh murabbiyi):

- To'rtinchi turdan niyatimiz katta edi. Afsuski, bugun, umuman ikkala bahsda ham o'yinimiz qovushmadi.

Eng katta muammoimiz yuzaga kelgan vaziyatlardan foydalana olmaslik bo'lyapti. Ikkinchi davrada shu kamchiliklarni yo'q qilish uchun yanada astoydil ishlashga majburmiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика