So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  4 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  14 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Futzal JCH. O'zbekiston 2-turda Paragvayga imkoniyatni boy berdi Yangiliklar

Futzal JCH. O'zbekiston 2-turda Paragvayga imkoniyatni boy berdi

Teglar :  Futzal JCHFutzal
Futzal bo'yicha jahon chempionatining "A" guruhi 2-turidan o'rin olgan O'zbekiston va Paragvay terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Afsuski 2-turda vakillarimiz 1:4 hisobida imkoniyatni boy berishdi. 

Futzal. JCH-2024

"Humo" arena

"A" guruhi, 2-tur

O'zbekiston - Paragvay 1:4 

Gollar: Xorxe Espinosa 16 (0:1), Arnaldo Baes 17 (0:2), Francisko Martines 24 (0:3), Adolfo Salas 26 (0:4), Husniddin Nishonov 36 (1:4).


O'zbekiston: 12.Abbos Elmurodov, 4.Ixtiyor Ropiev, 6.Ilhom Hamroev, 8.Husniddin Nishonov, 9.Elbek To'lqinov. 

Zaxira: 1.Sunnat Anvarov, 2.Fazliddin Botirov, 3.Mashrab Odilov, 5.Muzaffar Ahadjonov, 7.Anasxon Rahmatov, 10.Akbar Usmonov, 11.Abror Ahmetzyanov, 13.Mehroj Xudoyberdiev, 14.Samariddin Berkinov.


Paragvay: 12.Giovanni Gonsales, 4.Emerson Mendes, 7.Adolfo Salas, 10.Arnaldo Baes, 11.Francisko Martines.

Zaxira: 1.Igor Insfran, 2.Alan Roxas, 3.Damyan Maresko, 5.Marsio Ramires, 6.Lukas Suares, 8.Pedro Paskottini, 9.Ugo Martines, 13.Aldo Amarilya, 14.Xorxe Espinosa.

Ogohlantirishlar: Giovanni Gonsalev 14, Husniddin Nishonov 22.

MATNLI TRANSLYACIYA


40.Uchrashuv yakunlandi!

39.Abror Ahmetzyanovdan noaniq zarba...

37.Paragvay taym-aut oldi.

37.Hamon 5 kishi bo'lib o'ynayapmiz! Paragvay to'lig'icha himoyalanmoqda!

36.GOOOOL!!! Husniddin Nishonov! Hisob qisqardi! 1-4! 

35.Mashrab Odilov maydonda darvozabon o'rniga beshinchi futbolchi sifatida harakat qilmoqda. Xech bo'lmasa bitta gol kerak...

34. Uchrashuvni 9081nafar muxlis arenadan kuzatib borayotgani malum qilindi. 

33.Futbolchilarimizdan ketma-ket zarbalar!!! Raqib darvozaboni esa bugun o'zining eng yaxshi o'yinlaridan birini ko'rsatmoqda!

30.Oldinga boryapmiz. Lekin mehmonlar yaxshi himoyalanishmoqda.

27.Hisob yiriklashib ketganiga qaramay, muxlislar futbolchilarimizni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqdalar.

26.GOL! Adolfo Salas darvozamizga to'rtinchi golni urdi... 0-4! 

24.GOL! Francisko Martinez darvozamizga uchinchi golni urdi... 0-3!

22.Husniddin Nishonov raqib hujumini to'xtatib qoldi va sariq kartochka oldi. 

21.Ikkinchi bo'limni tezkor hujum bilan boshladik. "Humo Arena" larzaga kelmoqda!

21.IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

20.BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

19.Yigitlarimiz hisobni qisqartirishga urinishmoqda. Biroq raqib darvozaboni va himoyachilari aniq harakat qilmoqda. 

17.Endi Arnaldo Baes darvozamizni ishg'ol etmoqda... 0:2.

16. Gol. Xorxe Espinosa darvozamizni ishg'ol qildi va Paragvayni oldinga olib chiqdi...

16.Bosim qilish navbati bizga! Avvaliga Anasxon Rahmatov, so'ngra Akbar Usmonov raqib darvozasiga zarba berdi. Lekin raqiblar posboni ishonchli harakat qildi. 

14.Jarima zarbasini Samariddin Berkinov noaniq amalga oshirdi. 

14.Raqib darvozaboni Giovanni Gonsales Akbar Usmonovga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka oldi. 

13.Taym-aut oldik. 

11.Martinesdan darvozamizga yo'llangan xavfli zarba. Yaxshi hamki noaniq!

11.Seyvvvv!!! Abbos Elmurodov!!!!

11.Muzaffar Ahadjonovning zarbasiiii!!! Lekin noaniq...

10.Bu orada TELEGRAMDAGI KANALIMIZDA Jahongir Fayzullaev tomonidan olingan ajoyib suratlar paydo bo'ldi. 

9.Paragvayning hujumlari xavfli ko'rinish olmoqda...

7.Darvozamiz tomon ehtimoliy penalti videotakrorda ko'rildi. Hakam penalti yo'q deb hisobladi. 

7.Uxxx... Mehmonlardan yana bir hujum. Ehtiyot bo'lish kerak. 

7.Paragvay oldinga o'tdi. Darvozabonimiz Abbos Elmurodovdan seyv!

6.Uchrashuv asosan vakillarimizning bosimi ostida kechmoqda. Paragvay himoyalanmoqda.

4.Endi Paragvay asta-sekin oldinga o'tmoqda.

3.Hujumimizdan keyin to'p raqib qo'liga tekkandek ko'rindi. Videotakrordan so'ng hakam penalti belgilamaslikka qaror qildi. 

2.Endi Ropievdan zarba!!! "Humo Arena" larzaga keldi. Lekin zarba biroz noaniq...

1.Dastlabki daqiqalardan hujumga o'tdik. Elbek To'lqinovda juda yaxshi imkon yuzaga keldi. Hozircha gol emas...

1.BOSHLADIK! O'zbekiston boshlab berdi!

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


- Har ikki mamlakat madhiyalari yangradi.

- Terma jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. O'zbekiston va Paragvay futzal terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv start olish arafasida. 

Reyting: -20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика