Futzal. Fuzuli Xayrullaev: "Oil Star" Kubok bahslarida yuqori maqsadlarni ko'zlagan"
07 mar 15:51
Yangiliklar
Futzal. Fuzuli Xayrullaev: "Oil Star" Kubok bahslarida yuqori maqsadlarni ko'zlagan"
"Oil Star" jamoasi chempionat bahslarida sovrindorlar safidan joy olgan edi. Endilikda ular Kubokda ham katta marralarni zabt etishni istamoqda. Bosh murabbiy Fuzuli Xayrullaev turnir formati va jamoasining maqsadi haqida gapirdi.
"Kubok musobaqasi har yilgidan-da qiziqarli va shiddatli o'tadi deb o'ylayman. O'zbekiston Kubogida yuqori maqsadlarni ko'zlaganmiz. Tabiiyki, yangicha formatda o'yinlar yanada murosasiz kechadi.
O'zbekiston futzal federaciyasi yaxshi strategiyaga ega. Buni ko'rib chiqdik", – dedi "Oil Star" bosh murabbiyi Fuzuli Xayrullaev.
Malumot uchun, "Oil Star" "B" guruhida "Bunyodkor", "Maksam-Chirchiq" va "Neftchi" bilan kuch sinashadi. O'yinlarga Farg'onadagi "Samo" sport majmuasi mezbonlik qilishi ko'zda tutilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar