So’nggi yangiliklar

07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  2 07:22Бугун ФИНАЛ  4 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1 00:17Мбаппе ПСЖдан суд орқали 240 млн евро талаб қилмоқда. Клуб эса ундан 180 млн евро зарар ундиришни сўради  1 23:49"Ал Айн Халқаро Кубоги-2025". Миср пенальтилар сериясида ғалабага эришди ва учинчи ўринни эгаллади   5 23:35Жалолиддин Машарипов жароҳатдан қутилдими?  13 23:03Достон Ҳамдамов: "Ҳаммаси ўзимизнинг қўлимизда, яхши тайёргарлик кўрсак Бразилия билан ҳам ўйнай оламиз деб ўйлайман"  7 22:26Игорь Сергеев: "Эрон? Ишончим комил, яна жиддий жанг бўлади"  7 21:56ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-19 чемпионат финали. "Пахтакор" - "Насаф" 4:1  2 21:28"Барселона" янги "Камп Ноу"да илк ўйинини қачон ўтказиши маълум бўлди  2 20:36Тиаго Силва "Милан"га қайтиши мумкин  5 20:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг Италия билан ўйиндан олдинги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  5 20:12"Шармандалик, бу шармандалик!"  62 20:10Нурбек Сарсенбаев: "Италия қарши ҳужумда Хорватиядан кўра анча хавфли"  3 19:51Муҳаммадали Мусахонов: "Италия билан учрашувда бор кучимиз билан ҳаракат қилиб, давлатимиз байроғини юқорига кўтарамиз"  0

Futzal bo'yicha Osiyo kubogi. Xose Venansio Lopes Tojikistonga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Futzal bo'yicha Osiyo kubogi. Xose Venansio Lopes Tojikistonga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?

O'zbekiston futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Venansio Lopes Osiyo kubogi 3-o'rin uchun Tojikiston (3:3, penaltilar seriyasi - 2:3)ga qarshi bahsdan so'ng matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O'yinning borishi juda o'zgaruvchan bo'ldi. 2:0 hisobida oldinda borayotgan vaqtimizda, 3-golni urishimiz va o'yin taqdirini hal qilishimiz kerak edi. Bazi vaziyatlarda o'zimiz nazoratni yo'qotdik va Tojikiston hatto g'alaba qozonishi ham mumkin edi. Biroq penaltilar seriyasida adolat tantana qildi va biz bugun g'alabaga haqliroq edik.

Osiyo kubogida g'olib bo'lish uchun etishmagan jihat haqida

— Jahon chempionati oldidan ko'p jihatlarimizni yaxshilashimiz va yanada ko'proq mehnat qilishimiz kerak. Bazida taktik tayyorgarlikdan ko'ra ruhiy tayyorgarlik muhimroq bo'ladi. CHunki Eronga qarshi bahsda aynan shu omil bizga pand berdi. Yigitlar malum vaqt koncentraciyani yo'qotishdi. Barchaga birdek munosabatni saqlab qolishimiz kerak. Bu g'alaba uchun eng muhim elementlardan biri.



Tojikiston terma jamoasi va bugungi bahs haqida

— Tojikiston terma jamoasi ushbu turnirga juda yaxshi tayyorlangan va o'yin jihatdan ancha o'sishga erishgan. Ayniqsa guruhda 1-o'rinni egallab, chorak finalga yo'l olganidan so'ng, ruhiy tomondan ham o'sgan. Ular hech qachon taslim bo'lishmaydi, oxirigacha jang qilishadi va juda raqobatbardosh jamoa. Motivaciyamiz bo'lmagani sababli nazoratni yo'qotdik, ayrim vaziyatlarda futzalchilarimiz xatolarga yo'l qo'yishdi. Avvalgi uchrashuvlardagi g'alabalarimiz va bugungi yutug'imiz o'rtasida juda katta farq bor.

Murabbiy jamoada nimalarni o'zgartirgani haqida

— Jamoaga kelganimdan so'ng bir qancha taktik o'zgarishlar qildim. Jamoaga yangi sxemalarni kiritdim, lekin men uchun eng muhimi, jamoamiz turli vaziyatlarga qanday munosabatda bo'lishlari, o'yinni nazorat qilishlarida. O'ylaymanki, bu biz yaxshilashimiz kerak bo'lgan eng katta muammo, chunki o'yinni nazorat qilish uchun umuman xatolarga yo'l qo'ymaslik lozim.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика