So’nggi yangiliklar

23:27Тимур Кападзе - Англияда. Мутахассис у ерда нима қилмоқда?  6 22:59Александр Хомяков: "Нимани режа қилган бўлсак, ҳаммаси ўхшади"  4 22:50Суперлига. "Навбаҳор" "Бухоро"га йирик ҳисобда ютқазди, "Қўқон-1912" эса "Хоразм" билан дуранг ўйнади  3 22:32Сергей Лушчан: "Ҳассага таянган кампир майдонга чиқса ҳам олтита гол урарди"  23 22:15Ҳаким Фузайлов: "Агар гол урмасак керакли очколарни қўлга кирита олмаймиз"  1 21:44Баҳром Ҳайдаров: "Дуранг бизни ҳам, рақибни ҳам қониқтирмади"  1 21:28Ла Лига. "Реал" тўхтамаяпти, Алонсо жамоаси бешинчи ўйинда ҳам ғалаба қозонди  23 21:15Суперлига. "Нефтчи" марказий тўқнашувда "Динамо"дан устун келди ва пешқадам "Насаф"га анча яқинлашди  79 21:05Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Хоффенхайм"ни қийинчиликсиз таслим этди  3 20:35"Манчестер Юнайтед" — "Челси". Таркиблар маълум  55 20:17"Верона" — "Ювентус". Таркиблар маълум  9 20:12"Бухоро" ўз тарихида биринчи маротаба "Навбаҳор"га 3тадан кўп гол урди   10 19:59Суперлига. "Бухоро" "Навбаҳор" дарвозасига жавобсиз 5 та тўп киритди  98 19:53"Сабаҳ" — "Туран". Раҳмоналиев асосий таркибда  3 19:26Зиданнинг 27 ёшли ўғли Люка спорт фуқаролигини Жазоирга ўзгартирди  0

Futbolni rivojlantirish bo'yicha Vazirlar Mahkamasi qarori, Oliy Ligaga chiqolmayotgan “Metallurg”, Malayziyada yig'in o'tkazadigan “Navbahor”. O'zbek futboli gazetalari 27 yil avval nimalar haqida yozgan? Yangiliklar

Futbolni rivojlantirish bo'yicha Vazirlar Mahkamasi qarori, Oliy Ligaga chiqolmayotgan “Metallurg”, Malayziyada yig'in o'tkazadigan “Navbahor”. O'zbek futboli gazetalari 27 yil avval nimalar haqida yozgan?

Futbol – yildan yilga o'zgarayotgan, takomillashib borayotgan, millionlar emas, balki milliardlar o'yiniga aylanayotgan sport turi.

Internet nashrlar rivojlanib, yangiliklar turli tarmoqlarda uzatilishidan avval barcha sohalarga qatori futbolga oid yangiliklar ham insonlarga televidenie, radio va gazeta-jurnallar orqali etkazib berilgan.

Xo'sh, bundan 27 avval o'zbek futbol gazetalari nimalar haqida yozgan, mulohazalar qilgan, kimlar bilan intervyular uyushtirgan? Bularning barchasi “O'zbek futboli gazetalari tarixi” ruknida elon qilib boriladi.

1996 yilning 17 yanvarida nashr qilingan “O'zbekiston futboli” gazetasida “Navbahor”ning o'sha vaqtdagi bosh murabbiyi Viktor Jalilov bilan intervyu elon qilingan. Unda mutaxassis jamoa yil avvalidan mashg'ulotlarga kirishganiga rahbariyat va muxlislar xayrixoh bo'lganini aytgan. 

Etiborli tomoni shundaki, Namangan klubi 1996 yilning 20 yanvaridan 4 fevraliga qadar Malayziyada o'quv-mashg'ulot yig'inini olib borgan. Yangi mavsumdan ko'zlangan maqsad esa o'sha-o'sha – “faqatgina eng yuqori natijalarga erishish”.

Bekobodning “Metallurg”ida esa ahvol yaxshi emas. Ular bir necha yildan buyon Oliy ligaga chiqolmayapti. Buning ustiga, maqolaga ko'ra, sharoit ham yaxshi emas. Jamoa o'yinga bir kun qolganda yig'iladi. 

MHSKda esa hammasi joyida. Jamoa yangi yildan avval “Do'rmon” dam olish uyini ixtiyoriga olgan. Mavsumga tayyorgarlik 4 yanvardan Grigoriy Ceytlin boshchiligida start olgan. Rejalar ham yomon emas. Murabbiyning “Germaniya bundesligasi harbiy komandalari bilan bo'lib o'tadigan musobaqalarda munosib qatnashish” degan gaplari etiborga molik. 

O'zbekiston IV chempionati qanday o'tgan? “Neftchi” chempion, MHSK kumush, “Navbahor” bronza medallari egasi bo'lgan chempionatning qiziqarli statistikalari ham bor. 

1996 yilning 24 yanvarida chop etilgan gazetada ikki kundan so'ng start oladigan “Hamdo'stlik mamlakatlari chempionlari kubogi” turniri oldidan Farg'onaning “Neftchi”siga omad tilangan maqola chop etilgan.

Yana bir qiziq holat. O'sha vaqtdagi federaciya – O'RFF futbol jurnalistlari bilan uchrashuv o'tkazgan va yangi mavsum qachon boshlanishi, qay tartibda bo'lishi yuzasidan axborot berilgan. 

Vazirlar Mahkamasining “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishning tashkiliy asoslari va principlarini tubdan takomillashtirish to'g'risida”gi qarorining to'liq matni gazetada keltirilgan. 

Qarordagi qiziqarli bandlar etiborga molik. Xususan:

FIFA 1995 yil yakunlari bo'yicha elon qilgan terma jamoalar bo'yicha reytingda O'zbekiston milliy terma jamoasi 183 ta jamoa orasidan 97-o'rinda bo'lgan. Terma jamoamizdan Tailand, Quvayt, Qatar, Xitoy va boshqa terma jamoalar yuqorida turgan. Gazetadagi maqolada bunga sabab qilib 1995 yil davomida xalqaro uchrashuvlarda kam qatnashganlik ko'rsatilgan. 

Evrofutbolga oid xabarlar ham bugungi kunda juda qiziq eshitiladi. Masalan, Del Pero 1995 yilning eng istedodli yosh futbolchisi bo'lgan, Yurgen Klinsmann nihoyat so'rovlaning biridan g'olib bo'lgan. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика