So’nggi yangiliklar

23:46АПЛ. "Сандерленд" - "Манчестер Сити", "Брентфорд" - "Тоттенхэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:31"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" футболчисини сотиб олмоқчи  0 23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  8 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  1 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  1 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  1 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0

Futbolimiz fidoyisi xotirasiga bag'ishlandi Yangiliklar

Futbolimiz fidoyisi xotirasiga bag'ishlandi

Mamlakatimizda futbol rivojiga ulush qo'shgan insonlar ko'plab topiladi.

O'zbekiston xalq talimi alochisi, respublika toifasidagi hakam Valeriy Makagonov ana shunday hamyurtlarimiz sirasidan edi. 

Bu inson o'tgan asrning 80-90 yillarida Urganch shahridagi sport maktabiga rahbarlik qilgan. Rahbarlik lavozimida ishlashi barobarida, yosh sportchilarni, jumladan, yosh futbolchilarning mahoratini oshirish, ularni  jismonan sog'lom tarzda voyaga etkazish yo'lida fidoyilik ko'rsatgan. Qolaversa, futbol hakami sifatida ham elga tanilgandi. Binobarin, V.Makagonov o'sha damlar sobiq ittifoq birinchiligining "B" sinfi, shuningdek, O'zbekiston chempionati doirasidagi uchrashuvlarni mohirlik bilan boshqargan. Buni yoshi ulug' "charm to'p" o'yini ixlosmandlari yaxshi eslashadi. Taqdir ekan, futbolimiz jonkuyari 1993 yili yorug' olamni tark etdi.

Endilikda Xorazm viloyati Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasiga qarashli Sport o'yinlari va engil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o'smirlar sport maktabi direktori Jamoliddin Abdullaev tomonidan Valeriy Makagonovning yorqin xotirasiga bag'ishlab musobaqa uyushtirish ananaga aylangan. Tabiiyki, joriy yil ham bundan mustasno bo'lmadi. Bu gal 2008-2009 yillarda tug'ilgan o'smirlar ustoz xotirasini yod aylab, yashil maydonda to'p tepishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, "Junior" jamoasi musobaqa g'olibligini qo'lga kiritdi. "Olimpiya"chilar ikkinchi o'rin bilan kifoyalanishgan bo'lsa, "Binokor" va "Lochin" jamoalari uchinchi o'rindan joy olishdi.

G'olib va sovrindor jamoalar tegishli darajadagi diplom, medal va sovg'alar bilan taqdirlandilar. SHuningdek, turnirning eng yaxshilari – Maqsad Ochilov (darvozabon, "Junior"), Bekjon Ro'zimboev (himoyachi, "Lochin"), Javohir Qo'shnazarov (yarim himoyachi, "Binokor"), Yaxshimurod Adamov (hujumchi, "Olimpiya") va Mirjalol Omonov (eng yaxshi futbolchi, "Junior") ham tashkilotchilar etiboridan chetda qolmadi.

Ikrom XUDOYBERGANOV, O'zbekiston sport faxriysi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика