So’nggi yangiliklar

18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон". Таркиблар маълум  0 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  0 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 0:0 (матнли трансляция)  3 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  9 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  14 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  7 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4

Futboldan futzalga yoxud SHoimov, Manzukas, Xolmurodov va boshqalar haqida Yangiliklar

Futboldan futzalga yoxud SHoimov, Manzukas, Xolmurodov va boshqalar haqida

Futbolchilarning faoliyati turlicha kechadi. Kimdir mahalla futbolida o'zini ko'rsatib, professional jamoaga o'tsa, ayrimlari akademiyada o'qib ham futbolchi bo'la olmasligi mumkin.
SHuningdek futzalda o'ynab keyinchalik katta futbolga kirib kelganlar ham uchrab turadi. Muxlislar unutmagan bo'lsa, Temur Vasilev bunga misol bo'ladi. Katta futboldagi faoliyati davomida "Lokomotiv", "Xorazm" va "Qizilqum" singari jamaolaridagi faoliyati orqali ishqibozlarga yaxshi tanish bo'lgan Vasilev undan oldin futzalda "Lokomotiv" jamoasi sharafini himoya qilgandi. Malumotlarga ko'ra, Temur ayni damda Qozog'iston birinchi divizionida faoliyat yuritmoqda.

Mavzuimizning asosiy qismiga keladigan bo'lsak. Xabaringiz bor, yaqinda Toshkentdagi O'zbekiston majmuasida futzal bo'yicha Associaciya Kubogi bo'lib o'tdi. Unda ishtirok etgan jamoalar tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, yaqin-yaqingacha katta futbolda yurgan ayrim o'yinchilarni ko'rish mumkin. Xususan "Buxoro", "Neftchi" hamda "Mashal"ning sobiq o'yinchisiga aylangan Nasim SHoimov hamon to'p tepayotganini ko'rish mumkin. Tajribali himoyachi birinchi liga ishtirokchisi "Alanga"da yordamchi murabbiylik qilish bilan birga futzalda "Kogon" jamoasi uchun ham o'ynab kelmoqda. Qolaversa bu jamoada o'z vaqtida katta futbolda faoliyat yuritib keyinchalik, ayrim sabablarga ko'ra ko'rinish bermay qo'ygan Jasur O'runov, Alisher Yusupov va Komil Samievni ham uchratish mumkin. Qashqadaryolik Oybek Polvonov bilan Tohir Abdurazzoqov esa futzalda "Nasaf" uchun o'ynamoqda.

Katta futbolda bundan bir necha yillar oldin Mashal yoshlar jamoasida o'ynagan Mahkam Negmatov va oxirgi yillarda "Paxtakor" yoshlar jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan Aleksey Laktionov ham bugungi kunda futzalda Paxtakor uchun o'ynab kelmoqda.

Birinchi liga ishtirokchisi "Istiqlol"da malum muddat to'p tepgan Temur Sadirov futzalga qaytdi. U hozirda "Ardus"da o'ynamoqda.

"Lokomotiv-BFK"dagi Azamat Komiljonov jamoasi keyingi bosqichga chiqa olmaganidan so'ng o'zini futzalda sinab ko'rishga qaror qilgan ko'rinadi. Boisi yarim himoyachi ayni damda "Bunyodkor" uchun o'ynamoqda.  

Qashqadaryo futboli tarbiyalanuvchilari darvozabon Akmal CHoriev bilan himoyachi Faxriddin Xolmurodovning ham katta futbolda ko'rinmay qolgani, ularning futzalga o'tib ketgani bilan bog'liq. Ular hozirda Qarshining "Do'stlik-AIN" jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Muxlislar yaxshi bilishsa kerak, taniqli sobiq hujumchi Zafar Xolmurodovning ukasi bo'lgan Faxriddin o'z vaqtida "Nasaf", "Neftchi" singari mamlakatimizning taniqli klublarida ham o'ynagandi. SHuningdek "Do'stlik-AIN" safida birinchi ligada faoliyat yuritgan SHahboz Ahmedov va Farrux Zikriyoev kabi nomlar ham borligini aytib o'tish kerak.

"Quruvchi" (hozirgi "Bunyodkor") safida o'ynab muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan Yannis Manzukas keyinchalik "Lokomotiv", Qizilqum kabi jamoalarda ham o'ynadi. Qanot yarim himoyachisi bugungi kunda futzalda "Maksam-CHirchiq" sharafini himoya qilmoqda. Birinchi bosqichni "CHust-Paxtakor"da o'tkazgan Ruslan Gaffarov ham bugungi kunda "Maksam-CHirchiq"da o'ynamoqda.

Oxirgi vaqtlarda birinchi liga azosi "Xotira-79" uchun o'ynab kelayotgan Javlon Xolmirzaev ham futzalga o'tishga qaror qilgan ko'rinadi. Yaqinda bo'lib o'tgan Associaciya Kubogida Namanganning "Asnam" futzal jamoasida shunday nomdagi futbolchi o'ynadi.   
   
Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика