Futbolchilarimiz Osiyo chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritilganidan so'ng nimalar dedi?
06 iyu 16:35
Yangiliklar
Futbolchilarimiz Osiyo chempionati yo'llanmasi qo'lga kiritilganidan so'ng nimalar dedi?
"O'yin qiyin kechishini bilgandik. Birinchi taymda urgan gollarimiz qo'l keldi. Qizil kartochkadan so'ng esa himoyalanishga majbur bo'ldik. Tarixiy lahzada barchani tabriklamoqchiman. Qizil kartochkadan so'ng maydon markazini boy berib qo'ydik. Shu sababli ko'p to'plarni yo'qotdik" - deya fikr bildirdi Lyudmila Karachik Osiyo Chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritilganidan so'ng.

"O'yin o'ta qiyin kechdi. Keraksiz chetlatish bo'ldi. Bizning asosiy vazifamiz shunchaki gol o'tkazib yubormaslik edi. Biz esa ikkita gol o'tkazib yubordik. Keyin esa penaltilar seriyasi. Biz penaltilar seriyasida g'alaba qozonishimizga ishonchim komil edi. Qizil kartochkadan so'ng o'yin keskin o'zgarib ketdi. Biz himoyalanishga majbur bo'ldik. Osiyo chempionatida ham o'zimizni namoyish etishimiz kerak" - deya fikr bildirdi Leyla Oraniyazova Osiyo Chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritilganidan so'ng.

Eslatib o'tamiz, kecha O'zbekiston ayollar terma jamoasi 23 yillik tanaffusdan so'ng Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar