So’nggi yangiliklar

01:59ЕЧЛ. Рэшфорднинг дубли "Барселона"га ғалаба келтирди, "Қайрат" ва "Галатасарой" йирик ҳисобда ютқазди  23 01:52ЕЧЛ. "Манчестер Сити" "Наполи"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  44 01:15АПЛда бирорта очко йиғмаган клуб бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 00:50Беллингем дербига қадар сафга қайтиши мумкин  1 00:19"Реал"нинг аппеляцияси яна рад қилинди  8 23:47ЕЧЛ. "Монако" Бельгияда "тарсаки еди", "Байер" Данияда дуранг ўйнади  0 23:20Луис Энрике "Аталанта"га қарши ўйинни трибунадан кузатгани сабабини айтди  0 22:37Жозе Моуринью: "Фенербаҳче"да ишлаб хато қилдим, у ер менинг даражам эмасди"  17 22:22Бернарду Силва: "Доннарумма менга Куртуани эслатади"  0 21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  5 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  4 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  5 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  3

Futbolchi va klub o'rtasidagi shartnomalar yanada tartibga keltiriladi Yangiliklar

Futbolchi va klub o'rtasidagi shartnomalar yanada tartibga keltiriladi

O'zPFL hamda O'zbekiston futbolchilari uyushmasi bilan memorandum imzolaganidan xabaringiz bor.

8 sentyabr kuni mazkur ikki tashkilotning navbatdagi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda klub va futbolchilar o'rtasidagi shartnomalar, ulardagi bandlarga tuzatishlar kiritish kabi masalalar muhokama qilindi. Bunda futbolchi va klub munosabatlarini tartibga solish, har ikki subektning huquq hamda majburiyatlarini yanada konkretlashtirish kabi masalalar muhokama etildi.

SHuningdek, “Futbolchilar maqomi va klubdan klubga o'tishi to'g'risida reglament”ning o'zbek tilidagi nashri masalasida fikr almashildi. SHartnomalarda aks etgan bandlarning mazkur reglament, qo'shimchasiga “Tartib-intizom reglamenti” orqali tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat futbolchilar va klublar o'rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqadi, bir necha yillardan buyon kurtak yozgan ayrim muammolarni hal qilish imkonini beradi.

Takidlash lozim, O'zPFL ikki yildan buyon mazkur masala va undagi muammolarni tartibga keltirish yuzasidan jiddiy ish olib bormoqda. Buning samarasi o'laroq bir qator muammolar o'z echimini topib ulgurdi. Endigi vazifa esa futbolchining klub oldidagi, klubning esa futbolchi oldidagi javobgarligini professional bosqichga olib chiqishdan iborat bo'ladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика