So’nggi yangiliklar

01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  25 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  81 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  11 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  22 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  4 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1

"Futbol to'pini o'zimiz qog'oz va lattalardan yasab o'ynardik" - Lisandro Martines Yangiliklar

"Futbol to'pini o'zimiz qog'oz va lattalardan yasab o'ynardik" - Lisandro Martines

MYU himoyachisi Lisandro Martines qanday qilib qog'oz va lattadan yasalgan to'p bilan futbol o'ynashni boshlagani, keyin esa deyarli qurilish ishchisiga aylangani haqida gapirdi.

"Butun umr futbol o'ynaganimni eslayman", – dedi Licha "Yunayted" rasmiy saytiga.

"Doim yonimda futbol to'pi bo'lardi, yo'q bo'lganda uni o'zimiz qog'oz va lattalardan yasardik yoki qo'shnilarimiz yordam berishardi. Bolaligimda buvim bilan yashardim, ko'chada futbol maydoni qurib olgandik. Men aka-uka va do'stlarim bilan shoxlarni sindirishga borganimizni eslayman – biz ularni vertikal ravishda qo'yardik va bu bizning darvozamiz edi. Kun bo'yi o'sha erda bo'lardik, shuning uchun ha, men esimni taniganimdan beri futbol o'ynayapman.

Bir kuni men uyni tark etib, yoshlar darajasida futbol bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega bo'ldim, lekin men hali juda yosh ekanligimni his qildim. Har doim oilam davrasidi bo'lishni yoqtirardim, lekin uyda emas, boshqa shaharda yashashimga to'g'ri kelardi. Umuman olganda, men bormaganman, hozir xato qilganimni tushunib etganman.

Keyin 13 yoshga to'lganimda, ota-onam bu qaror bo'yicha men bilan uzoq vaqt bahslashdi. Keyin o'shanda g'isht teruvchi bo'lib ishlagan otam: "Xullas, futbol o'ynashni istamasang, men bilan birga qurilishda ishlashga borasan!" dedi.

Birinchi ish kunimga ertalab soat 7 da chiqishim kerak edi va uxlab qoldim, tasavvur qilyapsizmi?! Men u erga o'n yarim yoki o'n birlarda etib bordim, otam shunchaki menga qaradi va shunday dedi: "Endi bu sen uchun emasligini tushundingmi? Sen futbolchilik faoliyati bilan shug'ullanishing kerak. Sening ishing – bu futbol!". O'shanda birinchi marta boshimda nimadir aylangan".

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика