So’nggi yangiliklar

14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  25 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  9 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  3 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0 10:47АПЛнинг учта жамоасига "Реал" футболчиси керак  12 10:20Неймар яна жароҳат олди  6 09:53Романо Мессининг "Интер Майами"даги келажаги ҳақида фикр билдирди  1 09:25Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиё кубоги саралашидаги юришини бошлайди  0 08:56Аморим: "Рим Папаси ҳам мени қароримни ўзгартиришга мажбур қила олмайди"  11 08:28Опта. EЧЛда чемпионлик учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 08:00Легионерлар. Ўрунов жамоаси дуранг ўйнади. Мозговойнинг жамоаси эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  1 07:33Суперлига. Бугун Фарғонада тур ўйини бўлиб ўтади  14 06:40Суперлига. "Шўртан" – "Пахтакор" 0:0  2

Futbol tarixida eng ko'p qizil kartochka olgan 10 nafar o'yinchi Yangiliklar

Futbol tarixida eng ko'p qizil kartochka olgan 10 nafar o'yinchi

Ularning bazilari faoliyatini davom ettirmoqda.

10. Gari Medel (18 ta qizil kartochka)

Medel futbolchi sifatidagi qatiyatli xatti-harakatlari bilan tahsinga sazovor bo'lgan. Biroq undagi qatiyat meyoridan oshib ketganda, muammolarga duch kelgan. "Vasko da Gama" futbolchisi faoliyati davomida jami 18 marta maydondan chetlatilgan. Ehtimol, u butsalarini mixga ilgunga qadar bu ko'rsatkichni "yaxshilashi" mumkin.

9. Fernando Amorebeta (19 ta qizil kartochka)

2019 yil Asunsion mintaqasining (Paragvay) ikki mashhur klubi ishtirokidagi "Superklasiko"da "bosh qahramon"ga aylangan o'yinchining buncha chetlatilganiga yoqa ushlamaysiz. O'sha bahsda Amorebeta paragvaylik afsonaviy hujumchi Roke Santa Kruzga bosh bilan zarba bergan hamda uning boshini tishlashga harakat qilgan. Fernando klubdagi faoliyatining katta qismini Ispaniyaning "Atletik" klubida o'tkazgan, shuningdek, Fulxem va "Midlsbro" jamoalari ham to'p tepgan.

8. Felipe Melo (20 ta qizil kartochka)

Yana bir tishlong'ich futbolchilardan birini ushbu ro'yxatdan o'rin olganiga hayron bo'lmasangiz ham bo'ladi. "Pitbull" laqabli braziliyalik yarim himoyachining intizom borasida havas qilarli darajada emasligini jahon chempionatining chorak finali doirasida Niderlandiyaga qarshi o'yinda olgan qizil kartochkasi tasdiqlaydi. "Yuventus"ning sobiq o'yinchisi maydondagi tajovuzkorligi bilan dong taratgan bo'lsa-da, o'yinni uqish qobiliyati va mahorati undan kam emas.

7. Matteo Kontini (20 ta qizil kartochka)

Kontinining ijobiy fazilatlari to'g'risida mulohaza yuritadigan bo'lsak, qobiliyatli himoyachi bo'lganligini takidlash joiz. Biroq Italiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi qattiqqo'l xarakterga ham ega bo'lib, hissiyotlarini jilovlay olmagan paytlari tez-tez hakamlarning bloknot daftariga ismini yozdirib qo'ygan. Matteo "Napoli", "Milan", Parma" va "Saragosa" kabi klublar libosini kiygan.

6. Paolo Montero (21 ta qizil kartochka)

Montero A Seriyaning eng shafqatsiz himoyachilaridan biri sifatida yodda qolgan. Sobiq himoyachi 21 marotaba o'yinni oxiriga etkazib qo'ya olmagan. "Bazan g'alaba qozonish uchun hamma narsani ishga solish kerak, mening tabiatim shunaqa. Agar jamoaningizning g'alaba qozonishiga yordam bersa, hakamni aldash ham gunoh emas", deydi Paoloning o'zi.

5. Rafael Markes (21 ta qizil kartochka)

Markesning nomi milliy terma jamoa va klub miqyosida to'p tepgan eng yaxshi himoyachilar qatorida abadiy qoladi. Biroq uning ko'rsatkichlariga nazar solsak, professional himoyachi intizom borasida chatoq ekanligini ko'rishimiz mumkin. SHunga qaramay, "Barselona"ning sobiq sardori klub bilan ikki marta CHempionlar ligasi va to'rt marotaba La Liga titulini qo'lga kiritgani bilan salbiy sahifasini bekitib ketadi.

4. Ruano Delgado (22 ta qizil kartochka)

Ispaniyalik himoyachi xorvatiyalik sobiq hujumchi Mario Manjukichga musht tushirgani bilan yodda qolgan. Futbolchi maydonni malum daqiqada emas, butkul tark etguniga qadar Ispaniya, Turkiya va Saudiya Arabistoni klublari safida o'tkazdi.

3. Siril Rul (27 ta qizil kartochka)

Ehtimol, Siril ismi qo'lga kiritilgan sovrinlar nuqtai nazaridan tanish bo'lmasligi mumkin, lekin maydondagi intizomsizligi tufayli francuz hakamlari uni yaxshi eslab qolishgan. Franciyalik yarim himoyachi faoliyati davomida "Bastiya", "Lans", "Nicca" kabi klublarda o'ynagan. Rul maydonga tushgan o'yinlarni kartochkasiz tark etsa, kechalari uxlolmay chiqardi. Uning hisobida 187 ta sariq va 27 ta qizil kartochka mavjud.

2. Serxio Ramos (28 ta qizil kartochka)

Bu futbolchini ro'yxatga kiritmasdan ilojimiz yo'q edi. "Real Madrid" afsonasi ananalariga rioya qilgan holda faoliyatidagi so'nggi ikki qizil kartochkasini PSJ tarkibida qabul qilib oldi. Ispaniyada esa unga jami 26 ta qizil kartochka ko'rsatilgan bo'lib, shulardan 21 tasi La Ligaga, 4 tasi CHempionlar ligasiga va bittasi Ispaniya kubogiga to'g'ri kelgan. Ramos XX asrda eng ko'p chetlatilgan futbolchi hisoblansa-da, milliy terma jamoa libosida biror marta maydondan chetlatilmagani ajablanarli.

1. Xerardo Bedoyya (46 ta qizil kartochka)

Hatto Ramos jon-jahdi bilan harakat qilsa ham, ro'yxat peshqadamiga aylana olmaydi, chunki intizomsizlik cho'qqisidagi Bedoyya taqibchilaridan ancha ilgarilab ketgan. Unga etish uchun manaman degan zo'ravon ham kamida ikki marta futbolchilik karerasini boshdan kechirishi lozim. Kolumbiyalik "jangchi" faoliyati davomida Argentinaning "Rasing" va "Boka Xuniors" liboslarini kiydi va hakamlarning qo'shtirnoq ichidagi qadrdoniga aylandi. Uning xislati murabbiylik faoliyatida ham tark etmadi. Xerardo murabbiy sifatidagi debyut o'yini start olganidan bor-yo'g'i 21 daqiqa o'tib, maydondan chetlatiladi.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика