So’nggi yangiliklar

16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  1 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  7 14:43"Рома" — "Торино". Таркиблар маълум  2 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  5 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1 10:39Пролига. Бугун 14-турга старт берилади  0 10:05Артета Эдегорнинг жароҳати ҳақида гапирди  3 09:32Гвардиола: "Манчестер Сити" мен келганимдан бери ҳар доим "Манчестер Юнайтед"дан кучлироқ бўлган  14 09:00Sofascore. Шомуродов дебют голи учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  12 08:30"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади  30 08:01Суперлига. Бугун "Олимпия" стадиони Суперлига баҳсига мезбонлик қилади  3

Futbol simulyatorlarida “fair play”, kelishilgan o'yinlar va maydondagi muxlislar Yangiliklar

Futbol simulyatorlarida “fair play”, kelishilgan o'yinlar va maydondagi muxlislar

FIFA kompyuter o'yinlari yildan yilga ommalashib, reallikka yaqinlashib bormoqda.

Biroq, bu o'yin ichidagi, futbolchilarning "kuch"lari bilan bog'liq holatlarga tegishli. Bugun FIFA simulyatorlarini yana nimalar orqali qiziqroq qilish mumkinligi haqida gaplashamiz.

1. Faol muxlislar.
Stadion tribunalari - FIFA ishlab chiqaruvchilar kam etibor qaratadigan jihatlardan biri. Malumki, bugungi kunda faol muxlislar o'yin vaqtida jamoalarni qo'llab quvvatlash uchun turli yozuvlar, shiorlar bilan chiqadilar. Kerak bo'lsa bo'lsa fayer-shou (olovlar yoqish) tashkillashtiriladi (Bu erda albatta chet ellik muxlislar haqida gap ketmoqda). SHuningdek, maydonga yugurib chiqib ketadigan muxlislar ham bugungi kunda ko'plab topiladi. Ushbu mayda detallar ham o'yinning ommalashuvini yanada oshiradi.
SHuningdek, muxlislarning o'zlarini tutishlarini ham nazorat qilish funkciyasi amalga kiritilishi ishtirokchilar uchun qiziq bo'lsa kerak. Mabodo, raqib jamoa muxlislari Dani Alvesni haqorat qilishsa siz jarima to'laysiz yoki keyingi o'yinni muxlislarsiz stadionda o'tkazasiz.


2. Feyr-pley qoidalari borasida.
Albatta, ushbu o'yinlar maxsus dastur asosida ishlab chiqilgan va muxlislarga futbol haqqoniy o'yin ekanligini isbotlaydi. Agar to'p sizni futbolchingizga tegib maydondan chiqib ketsa autni raqib jamoa oladi. O'yindan tashqari holat - bor narsa. Barchasi hayotiy. Agar shularga o'zgarish kiritilsachi? Futbolchilar bir birini tishlab olishi, sochidan tortish, simulyaciya ishlatish... SHuningdek, hakamga sezdirmasdan raqib futbolchisini turtib qo'yish. Simulyaciya ishlatib penalti so'rash... Qiziq bo'lsa kerak a?



3. Kelishilgan o'yinlar.
Tasavvur qiling, siz "Karera" rejimida jamoani boshqarayapsiz. Sizga ochko suv va havodek zarur. Ana shunda raqib jamoa bilan kelishilgan o'yin tashkillashtirish mumkin bo'lishi ham o'yinga qiziqishni yanada oshiradi. Masalan siz chempionat davomida asosan kelishilgan o'yinlardagi g'oliblik evaziga chempionlikni qo'lga kiritasiz. Kelasi mavsumdan esa tekshiruvlar boshlanib qolishi mumkin va jamoangiz quyi ligaga ravona bo'ladi. Ko'ramiz, siz asosiy o'yinchilaringiz va yulduz darvozaboningizni o'z jamoangizda olib qola olarmikinsiz?


Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика