Futbol olamida ilk bor: jamoa shifokori – Yozuvchilar uyushmasi azosi
23 iyu 2022 17:17
Yangiliklar
Futbol olamida ilk bor: jamoa shifokori – Yozuvchilar uyushmasi azosi
Ularning vazifalari va maqsadlari turlicha. Ammo futbolni ijod bilan bog'lovchi insonlar sportda hadeganda topilavermaydi. Futbol va adabiyotda ilk bora kuzatilayotgan – jamoa shifokori sifatida faolyat yuritib, yozuvchilik maqomiga erishgan Abror Pirriev hayotida yangi evrilish!
“Lokomotiv” jamoasi shifokori, O'FA tibbiy qo'mitasi raisi Abror Pirriev kuni kecha O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi azoligiga qabul qilindi. Uyushma raisi Sirojiddin Sayyid tomonidan topshirilgan azolik guvohnomasi nafaqat tajribali shifokorimizni, balki butun futbolimizni buyuk adiblardan meros ijod olami bilan chambarchas bog'lovchi ramziy ko'prik bo'lishiga ishonamiz. Abror Pir Muhammad taxallusi bilan ijod qiluvchi yozuvchi-shifokorimizga kelgusi ishlarida omad, ijodlariga baraka tilab qolamiz.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar