So’nggi yangiliklar

12:26Слот: "Ливерпуль" бундан ҳам яхшироқ ўйнаши мумкин эди"  4 11:51Бэйл: "Бугунги кунда Килиан Мбаппе — дунёнинг энг яхши футболчиси"  11 11:38Эшитдик-да! Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоси "Нефтчи"га ўтади  9 10:55Лэмпард Чемпионшип жамоасини бошқаришга рози бўлди  2 10:45"Пахтакор" раҳбариятига таклиф: Қарс икки қўлдан чиқади. Черан клубни чиройли ва муносиб тарк этиши керак   11 10:28Анчелотти кечаги мағлубиятга изоҳ берди  36 09:53«Реал Мадрид» ЕЧЛ антирекордини ўрнатди  23 09:34EЧЛ ҳафта футболчисига номзод футболчилар маълум  8 08:58Sofascore. Кечаги учрашув учун "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  15 08:20Про лига. Бугун мавсумдаги сўнгги тур учрашувлари бўлиб ўтади  0 07:36EЧЛ турнир жадвали. «Ливерпул»да юз фоизли натижа. «Реал» 24-ўринда  36 03:42Небойша Йовович: "Насаф" бугун креативлик ва бўшлиқ яратишда оқсади. Биз эса интизомни сақлаб қолдик"  2 03:00ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни ожиз қолдирди. Мбаппе муҳим паллада пенальтидан гол ура олмади  231 02:55ЕЧЛ. "Ювентус" ва "Астон Вилла" дуранг ўйнашди. "Боруссия Д"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  8 02:14Руд ван Нистелрой шу ҳафтанинг ўзида АПЛ клубида иш бошлайди!  0

Futbol muxlislari qalaysiz endi, Parijda muzqaymoq yalaysiz endi! Yangiliklar

Futbol muxlislari qalaysiz endi, Parijda muzqaymoq yalaysiz endi!

CHegarasi yo'q narsalar ichida xursandchilikning borligi huzur baxsh etadi.

Aprel oyida ko'zgudagi aksimizni ko'rib, qo'rqib ketmaydigan, aksincha, ko'proq mahliyo bo'ladigan kayfiyatda bo'ldik. Sababi, Olimpiya terma jamoamiz olamshumul (ko'pchilik kutgan desak ham mubolag'a bo'lmaydi) natijaga erishdi.

Turnir hamyurtlarimiz uchun oson boshlanmadi. Real dunyoda bo'rining yo'lbars hamlasiga qarshilik qilishi mushkulroqdir, ammo futbolda "oq bo'rilar" yo'lidan chiqqan raqiblarining hamlasiga chap bermoqda. Jumladan, "malay yo'lbarslari" ham qiyinchilik evaziga taslim etildi. 

Ochig'ini aytganda, O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi ilk turda g'alaba qozonganiga qaramay, o'ziga o'xshamadi, yani futbolchilar bir-birini tushunishda muammolarga duch keldi. Raqib jamoaning qarshi hujumlari esa tabletkalar saqlanadigan qutichani qidirishga majbur etdi. Keyin esa Timur Kapadze shogirdlari o'z uslubiga tushib olishdi va raqiblarini bombardimon qilishni boshladi. Mazkur jarayon bundan olti yil muqaddam musobaqani omadsiz ruhda boshlab, yakunda shohsupaga chiqqan jamoamizni eslatib yubordi. Avvalgisidan farqli o'laroq, bugungi tarkib kuchliroq, hatto istalgan zaxira futbolchisi o'yinni kuchaytira oladi.

Muvaffaqiyatli yurishda bosh murabbiyning ham ulkan hissasi borligini etirof etish joiz. Timur Kapadze bugunga qadar oson yo'lni bosib o'tmadi. Bazida rejalari o'xshamadi. Tanqidlar qilindi. Matbuot anjumanida unga qalampirli savollar berildi. Biroq murabbiy OAVdan o'zini olib qochgani yo'q, matbuotni kuzatmayman deb aytgani yo'q, aksincha, o'z ustida ishlashda davom etdi. Parij mutaxassis yoki jamoaga bo'lgan tanqidlar bekatining oxirgisi emas. Tanqidlar bundan keyin ham davom etishi normal holat. Biroq kezi kelganda, maqtab o'tish ham vazifamiz sanaladi. SHunday ekan, etakchilarini kuzatib yuborgan jamoamiz hal qiluvchi duelda yirik hisobda yutqazgan taqdirda ham (niyatimga o't tushsin) xafa bo'lmayman hamda ikkala kaftimni bir-biriga urishtirishga tayyorman. 

Kapadze yillar davomida yaxshi tarkib jamlay oldi. Ko'pgina musobaqalarda tanlab olingan o'n birlikning tili oyog'iga etgunga qadar yugurishga majburligi hamda zaxiradan o'yinni kuchaytiradigan futbolchilarning etishmasligi turli yosh toifasidagi terma jamoalarimizning yakunda kaftini peshonasiga bosishiga majbur qilardi. Qatardagi turnirda esa maydon chetidagi kreslolarda saf tortib o'tirgan o'g'lonlardan ham bemalol bitta jamoa tuzish mumkinligi isbotlandi.

Bolalik davrimizda oraliqdagi reklamalar hisobiga bir soatga cho'ziladigan o'n daqiqalik "Samoviy futbol" multserialidagi "Qor bolalari" jamoasi singari engilmas bo'lib borayotgan Olimpiya terma jamoamizda ham etarlicha qusurlar topiladi. Misol uchun, hujum chizig'idagi futbolchilar barcha o'yinlarda bir maromda o'yin namoyish eta olishmayadi, nazarimda. Hatto hozirgacha uch marotaba raqiblarining yuz qiyofasini qish fasli ob-havosi ko'rinishiga keltirgan Norchaev ham soat strelkalari kenjatoyining o'z doirasini bir marotaba to'liq yugurib chiqquniga qadar bo'lgan muddatdan ortiq vaqt davomida toliqib qolmoqda. Ehtimol, Olimpiya o'yinlarida milliy terma jamoa sardori Eldor SHomurodov bunga munosib echim sifatida taklif etilar. Ammo Parijga mana shu o'g'lonlarning o'zlari borishiga ham qarshi emasman.

Turnir davomida Olimpiya terma jamoamiz turli rekordlar sahifasini qayta yozishga majbur etmoqda. Jumladan, "oq bo'rilar" hozirga qadar 14 marotaba raqib qo'rg'onini ishg'ol qilib, o'z darvozasi daxlsizligini saqlab turibdi. Yodingizda bo'lsa, O'zbekiston yashil maydonlari mezbonlik qilgan turnirda Saudiya Arabistoni birorta gol o'tkazib yubormagan holda chempionlikka erishgandi. Bizda shu natijani takrorlash uchun bitta o'yin qoldi, xolos.

Undan quvonarlirog'i, O'zbekiston hozirga qadar o'tkazilgan barcha turnirlar davomida urilgan gollar soni bo'yicha Janubiy Koreyani ortda qoldirib, mutlaq peshqadam (56 ta gol)ga aylandi. SHuningdek, to'plar nisbati borasida ham (+33) yaqqol etakchiga aylandik.

Hamyurtlarimiz ushbu musobaqada gollar (14 ta), zarbalar (106), quruq o'yinlar (5 ta), Uzatmalar aniqligi (85%) borasida eng natijani qayd etib turgani ham chempionlikka qaysi jamoa ko'proq loyiq ekanligidan dalolat beradi.

Olimpiada yo'llanmasi aholining futbolga bo'lgan qarashini o'zgartirib, ko'pchilikni xursand qilgani bor gap. Hatto futbolni yopib yuborish kerak, o'yinchilarni tarqatib yuborish kerak qabilidagi so'zlarni aytganlarning ham yuzlariga tabassum yugurgan bo'lsa, ajabmas. So'nggi yillarda turli yosh toifalari, shu bilan birga, milliy terma jamoamizning natijalari yuksalib borayotgani kishini quvontiradi. Bu esa bir jabhada meni xavotirga solmoqda, yani bu kabi yutuqlar qiziqchilik sanatini o'ldirib qo'yishi mumkin.

Xullas, azaliy orzularimizdan biri ushaldi — O'zbekiston besh xalqani o'zida birlashtirgan yirik sport turniri yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Hamyurtlarimiz Farangistonga oliy maqsadda tashrif buyurganini raqiblariga ko'rsatib qo'yadi, degan umiddaman.

"Temir xonim" qarshisida muzqaymoq eyish baxti esa barchaga nasib etsin. Yo'llanma naqd bo'ldi, faqatgina viza, borib-kelish, yashash va ovqatlanish uchun pul topish kerak, xolos.


Oqil Abdubarnoev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика