So’nggi yangiliklar

12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  0 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  5 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  27 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3 11:44"Нефтчи" Туркияга йўл олмоқда. Таркибда кимлар бор?  7 11:26Мозийга қайтиб... Бир сурат тарихи  0 10:52Энцо Мареска товон пулининг бир қисмидан воз кечди  1 10:23ESPN АПЛнинг ўтган йилдаги энг яхши ўнта ёзги трансферлари рўйхатини эълон қилди  0 09:54"Ал Ҳилол" хусусий клубга айланмоқда  2 09:25Романо "Челси" бош мураббийи лавозимига асосий номзодни эълон қилди  1 08:57"Бухоро" икки нафар тажрибали футболчи билан шартнома имзолаши мумкин  6 08:28Сергеев учун яна бир даъвогар пайдо бўлди  8 08:00"Динамо" легионери "Бунёдкор" ёки "Андижон"га ўтиши мумкин  1 07:30Хато тан олинди: "Арсенал" дарвозасига пенальти белгиланиши керак бўлган  4 02:58АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади  15

Futbol bo'yicha "Oliy sud raisi kubogi-2022” musobaqalari o'tkaziladi Yangiliklar

Futbol bo'yicha "Oliy sud raisi kubogi-2022” musobaqalari o'tkaziladi

Teglar :  Ommaviy sport
Bugun yurtimizda millionlar o'yini bo'lgan futbolga bo'lgan etibor har qachongidan ortib bormoqda.

Buni joylarda korxona va tashkilotlar o'rtasida tashkil etilayotgan musobaqalar misolida ham ko'rish mumkin. 

Aholining jismoniy chiniqishi, sog'lom turmush tarziga yo'naltirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi “Yuqumli bo'lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog'lom turmush tarzini qo'llab-quvvatlash va aholining jismoiy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori, 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni hamda 2021 yil 16 iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash  tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari to'g'risida”gi Qarori muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Oliy sud raisining 2022 yil 25 apreldagi buyrug'i qabul qilinib, unda Oliy sud tizimida sog'lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish maqsadida 5-8 may kunlari futbol bo'yicha “Oliy sud raisi kubogi-2022" musobaqasi o'tkazilishi belgilandi.  

Ushbu musobaqa respublika sudlari tizimi miqyosida ilk marotaba o'tkazilayotgani bilan ahamiyatlidir. 

Musobaqada Oliy sud, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mamuriy sudlaridan hudud bo'yicha bittadan birlashgan terma jamoalari hamda O'zbekiston Respublikasi Harbiy sudi terma jamoasi ishtirok etadi. 

Kuni kecha Oliy sudda musobaqa oldidan qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Uning shaffof o'tishi uchun O'zbekiston Futbol assocaciyasi mutaxassislari taklif etildi. Qura tashlash natijalariga ko'ra, jamoalar to'rtta guruhda 16 ta jamoa tarkibida o'zaro to'p suradi. G'olib jamoalar yarim final va final musobaqalarida maydonga tushadi. Birinchi tur, chorak tur, yarim final musobaqalari 5-7 may kunlari “Bunyodkor” stadioni maydonlarida, final o'yini esa 8 may kuni “CHig'atoy” stadionida bo'lib o'tadi. 

Finalda g'olib bo'lgan jamoaga Oliy sud raisi kubogi, medallar, diplom va qimmatbaho sovg'alar topshiriladi.


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика