"Fulxem" Leno bilan shartnomani uzaytirdi
14 dek 2023 13:21
Yangiliklar
"Fulxem" Leno bilan shartnomani uzaytirdi
Angliyaning "Fulxem" jamoasi o'z darvozaboni Bernd Leno bilan hamkorlikni davom ettiradi.
Bu haqda "Bild" muxbiri Tobi Altsheffl xabar berdi.
Xabar qilinishicha, "dachaliklar" va 31 yoshli germaniyalik 3 mavsumga, 2027 yilning yoziga qadar shartnoma tuzgan. SHartnomada yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko'zda tutilgan.
Bernd Leno joriy mavsum "Fulxem" tarkibida 16 ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, shulardan 5 tasida gol o'tkazib yubormagan. Qolgan uchrashuvlarda nemis darvozaboni 26 ta gol o'tkazib yubordi. Darvozabon Germaniya terma jamoasiga ham muntazam ravishda chaqiriladi, biroq u terma jamoada oxirgi marta 2021 yilning sentyabrida o'ynagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar