Bundesliga. "Bayer" ochko yo'qotdi, "Bavariya" - 2024/25 yilgi mavsum chempioni! Keynda ilk sovrin
04 may 22:25
Yangiliklar


Bundesliga. "Bayer" ochko yo'qotdi, "Bavariya" - 2024/25 yilgi mavsum chempioni! Keynda ilk sovrin
Germaniya Bundesligasi 32-tur doirasidagi "Frayburg" - "Bayer" o'yini bo'lib o'tdi.
Ushbu o'yinda "Bayer"ning ochko yo'qotishi "Bavariya"ning muddatidan oldingi chempionlini anglatardi. "Frayburg" Eggeshtayn (44-daqiqa)ning goli va Inkapie (48-daqiqa)ning avtogoli evaziga hisobni ishonchli ko'rinishga olib keldi. Mehmonlar etakchisi Florian Virc 82-daqiqada hisobni qisqartirdi va Jonatan Ta 90+3 daqiqada hisobni tenglashtirdi, ammo leverkuzenliklar o'yinda g'alaba qozona olishmadi.
Shunday qilib, "Bavariya" bir yillik tanaffusdan so'ng yana (34-bor) Germaniya chempioniga aylandi. Jamoa to'purari Xarri Keyn esa faoliyatidagi ilk sovringa ega chiqdi.
O’xshash yangiliklar
22:27
APL. "Chelsi" o'z uyida o'tgan turda chempionlikni rasmiylashtirgan "Liverpul"ni mag'lub etdi 21

Fikrlar