Franciya chempionati. PSJ Truani mag'lub etib, chempionlik uchun yanada yaqinlashdi
08 may 2023 09:12
Yangiliklar
Franciya chempionati. PSJ Truani mag'lub etib, chempionlik uchun yanada yaqinlashdi
Franciya chempionati 34-turi doirasida PSJ safarda Trua mehmoni bo'ldi.
Uchrashuvda Mbappe, Vitinya va Fabianning gollari parijliklarga safarda navbatdagi uch ochkoni keltirdi – 3:1. Messi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmagan edi.
Natijada, «PSJ» 78 ochko bilan eng yaqin taqibchisiga aylangan «Lans»dan (72) ochkoga o'zdi. «Marsel» hisobida 70 ochko mavjud.
Franciya chempionati. 34-tur
Trua – PSJ 1:3
Gollar: 0:1 – 8 Mbappe, 0:2 – 59 Vitinya, 1:2 – 83 SHavaleren, 1:3 – 86 Fabian Ruis.
Trua – Gallon, Bruus (Balde, 68), Rami, Palmer-Braun, Bani-Zukru, Larusi (Yade, 81), SHavaleren, Agume (Kuame, 68), Balde, Odober, Ugbo (Roni Lopesh, 80).
PSJ – Donnarumma, Ramos, Markinos, Danilu Pereyra, Bernat, Zair-Emeri, Verratti (Sanshesh, 80), Fabian Ruis, Vitinya, Mbappe, Ekitik (Soler, 80).
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Fikrlar