So’nggi yangiliklar

12:34"Андижон" ОЧЛ 2да "Арқадағ", Қатар ва Баҳрайн клублари билан бир гуруҳдан жой олди  8 11:57"Пушкаш" мукофоти совриндори фаолиятини 33 ёшида якунлади  1 11:29"Сўғдиёна" меҳмондаги ғалабасиз сериясига барҳам берадими?  0 10:53Роберто Манчини Россия клубида иш бошлаши мумкин  2 10:24Жароҳати сабаб янги мавсум стартини ўтказиб юборадиган футболчилардан иборат рамзий жамоа  1 09:55Превью. Бугун "Сўғдиёна" Тошкентда "шерлар" меҳмони бўлади  4 09:26"Андижон" футболчилари ОЧЛ 2 қуръасидан олдин ўз фикрларини билдиришди  4 08:57"Манчестер Сити" футболчисини 70 миллион еврога сотмади  4 08:28Александер Исак "Ньюкасл"га бойкот эълон қилди  10 07:59Бугун "Насаф" ва "Андижон" халқаро майдондаги рақибларини билиб олишади  15 07:30Суперлига. Бугун 19-турга старт берилади  4 01:47"Челси" Гарначо учун 30 миллиондан кўп тўламоқчи эмас  3 01:11Эрик тен Хаг: "Фақатгина Гарри Поттер катта тезликда яхши жамоа ташкил қилиши мумкин"  8 00:11Санчога харидор топилди  0 23:52"Реал"нинг янги футболчиси: "Мен учун энг зўр футболчи - Месси"  25

FOTOMAQOLA. "Temiryo'lchilar" Muborakning "gaz"ida "yonib" ketishlariga bir bahya qoldi Yangiliklar

FOTOMAQOLA. "Temiryo'lchilar" Muborakning "gaz"ida "yonib" ketishlariga bir bahya qoldi

Kecha Oliy liga 16-turi doirasida "Lokomotiv" klubi Muborakning "Mashal" jamoasini qabul qildi.

"Lokomotiv" stadionida o'tgan uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan nihoyasiga etdi. Quyida ana shu bellashuvdan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

"Mashal"ning boshlang'ich tarkibi.

"Lokomotiv"ning boshlang'ich tarkibi.

"Lokomotiv"ning deyarli barcha uy uchrashuvlariga tushishni kanda qilmaydigan muxlisalar.

Kechagi uchrashuvni "Paxtakor" bilan muzokara olib borayotgan avstraliyalik yarim himoyachi Rostin Griffits (o'rtada) ham bevosita stadiondan kuzatib bordi. CHap tomondagi ko'zoynak taqib olgan inson esa "Paxtakor"ning vengriyalik fitnes murabbiyi Laslo Yambor.

Kecha "Loko"ning ikkita goli inobatga olinmadi. Birinchisida Bikmaev to'pni darvozabonning ustidan oshirib gol urgan vaziyatda o'yindan tashqari holatda qolib ketgan bo'lib chiqdi. Ikkinchisida esa Maxaradze boshi bilan to'p kiritishdan oldin raqibga qo'pollik ishlatdi deb baholandi.

So'nggi paytlarda formaga kirib olgan Sadriddin Abdullaev asosiy tarkibda muntazam tushmoqda.

Futbolchilar natija uchun bir-birlarini ayashmadi.

Kechagi o'yinning asosiy qahramonlaridan biri "Mashal" posboni Javohir Ilyosov bo'ldi. U kamida 3 marotaba jamoasini muqarrar gollardan qutqarib qoldi.

Ilyosov Bikmaevning juda yaqin masofadan bergan zarbasini qaytargan vaziyat.

O'sha vaziyatdan keyin Maratning reakciyasi.

Abdulloh Olimovdan super gol. Golni nishonlayotgan 4 nafar o'yinchiga emas, orqa fonda Iskandar SHoyqulovning golga  reakciyasiga etibor bering.

Olimovning qaychi uslubida kiritgan super goliga "Mashal" zaxirasidagi o'yinchining reakciyasi SHoyqulovnikidan kam bo'lmadi.

Sadriddin Abdullaevning goli faqatgina hisobni tenglashtirishga xizmat qildi. G'alaba uchun esa yana bitta to'p kiritish kerak edi.

Final xushtagi chalinishi bilan olingan kadr.

CHiroyli gol kerak bo'lsa qo'ng'iroq qilarsiz...


"Lokomotiv" - "Mashal" (1:1) uchrashuvidan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>> FOTOGALEREYA


Tolibjon Qosimov


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика