So’nggi yangiliklar

15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  0 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  2 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  5 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  0 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3 10:07Месси пеналтисиз голлар бўйича Роналдуни ортда қолдирди  31 09:52"Ньюкасл" Исакни сотиш ниятида эмас — клуб унинг нархини 173 миллион еврога кўтарди  3 09:24"Барселона" "Реал" юлдузини кўзламоқда — футболчи билан алоқа ўрнатилди  30 08:48"Нефтчи" таркибига нигериялик футболчи қўшилди  6

FOTOMAQOLA. O'zbek futboli avjiga chiqmoqda Yangiliklar

FOTOMAQOLA. O'zbek futboli avjiga chiqmoqda

Teglar :  OCHLNasafAl Faysali
Biroz oldin yakuniga etgan OCHL pley-off o'yinida "Nasaf" Iordaniyaning "Al Faysali" klubini yirik hisobda taslim qildi.

SHu tariqa, Ro'ziqul Berdiev shogirdlari OCHL guruh bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.

OCHL
Pley-off bosqichi

30.01.2018
"Markaziy" stadion, Qarshi
"Nasaf" (O'zbekiston) - "Al Faysali" (Iordaniya) 5:1
Gollar: 
Igor Golban 12, Bobur Abduxoliqov 49, Azizjon G'aniev 52, Dragan CHeran 61 (pen), Yosir Al Ravashdeh 86 (avtogol) - Alban Meha 90+3

Quyida "Nasaf"ning chiroyli g'alabasi bilan tugagan bellashuvdan fotomaqolani etiboringizga havola etamiz.

"Nasaf"ning boshlang'ich tarkibi.


"Al Faysali"ning boshlang'ich tarkibi.


Islom Kenjaboev bu mavsum "Paxtakor"ga o'tgan Bahrom Abdurahimovning o'rnini bosishi kerak.


Birgina CHeranga qarshi 5 nafar raqib. Nima bunday suratlar faqat Inesta yoki Messida bo'ladi deb o'ylarmidingiz? :)


- Dragan, qarab tur hozir manovi darvozaga to'pni "mixlayman"...

- Agar hozir gol ursang, unda bugun men ham uraman. Agar sen gol urib, bu ishni men uddalay olmasam, sochimni kalga oldiraman Igor.

 

Goolll ban so'zini ustidan chiqdi va gol urdi )


Ie, ie, ie... CHeran gol urmasa kal bo'lishi mumkinligini o'ylab nishonlamay maydon markaziga ketayaptimi? ))


Standart vaziyatlarda hamisha keskin kurashlar kuzatildi.


"Pele".


Turli xil janrlar aralashgan surat )


Kecha aeroportda suhbatlashganimizda ertangi o'yinda gol urishga vada bergan Bobir Abdixoliqov so'zining ustidan chiqdi.


Oxirgi kunlarda trendda turgan Azizjon G'anievning nozik zarbasidan keyin raqib o'yinchilarining ahvoliga etibor bering.


"Uch shoxli ajdar".


3 kun oldin Xitoyda 120 daqiqa qorli maydonda to'p tepgan va o'sha musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgan Odil Hamrobekov bugun ham asosiy tarkibda tushdi va o'yindagi tizginni ushlab turdi.


- Azizzz, ukajon endi sochim joyida qoladi, hech qanaqangi kal-pal bo'lish yo'q )) (CHeran penaltidan gol urganidan so'ng).


"Nasaf"ga o'ng qanot himoyachisi Slavko Lukichni Dragan CHeran tavsiya qilgan. Baraka topkur CHeranni o'ziga o'xshagan sifatli legioner ekan.


SHunaqa hisob bo'lib qoldi, nima ham derdik )) "Nasaf" nolga o'ynashini hamma xohlagan edi, mayli muhimi g'alaba.


Lukich nafaqat "Nasaf"ni o'yinini kuchaytiradi, balki ichki muhitni ham yaxshidashi aniq, kayfiyatni ko'taradigan o'yinchiga o'xshaydi bu bola )


"Nasaf"ning chiroyli g'alabasi bilan yakunlangan uchrashuvdan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin. >>>>> FOTOGALEREYA



Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +108   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика