Florentino Peres: "Ramos mendan uni Xitoyga qo'yib yuborishimni so'radi, ammo sardorni bepul qo'yib yuborib bo'lmaydi"
28 may 2019 16:59
Yangiliklar
Florentino Peres: "Ramos mendan uni Xitoyga qo'yib yuborishimni so'radi, ammo sardorni bepul qo'yib yuborib bo'lmaydi"
"Real" prezidenti Florentino Peres himoyachi Serxio Ramosning jamoadan ketishi mumkinligini tasdiqladi.
"U ofisga kelib unga Xitoydan jiddiy taklif borligi haqida aytdi, ammo bu bo'lmasligini aytdim. Jamoa sardorini bepul qo'yib yuborish mumkin emas.
Jamoadagi eng katta shartnoma Ramosda, chunki u bunga loyiqdir. Oldin Ronalduda edi. Agar Maradona bilan shartnoma qilganimizda, bu Maradona bo'lardi. Ammo hozir bu Ramosdir.
Men o'shanda unga gapirgandim, chunki u sardor. Men undan ketish bilan tahdid qilganini eshitmadim.
Men Ramosni juda ham yaxshi ko'raman va u uchun hammasini qilaman. Bundan ortig'ini esa qila olmayman", - deydi Peres.
Fikrlar