Flik Xabi Alonsoning "Real"ga tayinlanganiga munosabat bildirdi
26 may 19:55
Yangiliklar
Flik Xabi Alonsoning "Real"ga tayinlanganiga munosabat bildirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Xabi Alonsoning "Real"ga yangi bosh murabbiy etib tayinlangani xususida fikr bildirdi.
U ispaniyalik mutaxassisga hurmat bajo keltirdi va Bundesligadagi yutuqlarini qayd etdi.
"Uni Madridda ko'rish ajablanarli emas. Men uni bilaman, gaplashganmiz. Uning falsafasini tushunaman. Uning "Bayer" bilan erishgan muvaffaqiyatini hammamiz ko'rdik. U ko'plab futbolchilarni yangi bosqichga ko'tardi. Uni bu erda ko'rishdan mamnunman", – dedi Flik.
25 may kuni "Real" Xabi Alonso bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman elon qildi. Ispaniyalik murabbiy bilan 2028 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan shartnoma 2025 yilning 1 iyunidan kuchga kiradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar