So’nggi yangiliklar

02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  3 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  0 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  0 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  1 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  4 22:53Машарипов умумий гуруҳ машғулотларига қайтди  4 22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  4 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  20 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  2 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  14 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  1

Finaldagi g'alabadan keyin hamyurtlarimiz qanday fikrda? Yangiliklar

Finaldagi g'alabadan keyin hamyurtlarimiz qanday fikrda?

9 dekabr kuni Tojikiston kubogi final uchrashuvida “Xo'jand” klubi mamlakatning amaldagi chempioni “Istiqol” klubini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Mazkur bahsda “Xo'jand” safida uch nafar hamyurtlarimiz – Firdavs Abdusalimov, Olimjon Karimov hamda Samandar Ochilovlar to'p tepdi. G'alabadan so'ng hamyurtlarimiz fikrlariga quloq tutdik. 


Olimjon Karimov

“ Biz mazkur o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Qolaversa, 30 noyabr kuni “Istiqlol”ga qarshi chempionatning qoldirilgan uchrashuvida ham maydonga tushgandik. Biroq o'shanda darvozalarga to'p kiritilmagandi. Bu o'yin ham finalga tayyorgarlik vazifasini bajargandi. G'alaba qozonishni maqsad qilgan holda maydonga tushdik. Jamoamiz o'yinning o'zidayoq masalasini hal qilishni oliy vazifa qilib belgilagandi. Penaltilar seriyasiga qadar borishni ko'zlaganimiz yo'q. Qo'shimcha bo'limlarda bo'lsa ham o'zimiz kutgan natijaga erishdik.

Firdavs Abdusalimov

“Bugungi g'alabani qo'lga kiritishda jamoamizning ahillik bilan to'p tepgani sabab bo'ldi. Qolaversa, biz raqibimizdan ko'ra, jismoniy holatimiz yaxshi ekani ham g'alabamizga turtki bo'ldi. Kubokni haqli ravishda qo'lga kiritdik deb o'ylayman. O'yin oldidan rahbariyat tomonidan g'alabamiz uchun yaxshigina bonus vada qilingandi.


Samandar Ochilov

“Xabaringiz bor, “Istiqlol”ga qarshi o'ynash doimo qiyin kechgan. Ular mamlakatning eng kuchli jamoasi hisoblanadi. CHunki klubning ko'pchilik futbolchisi mamlakat terma jamoasi azosi. Biz barchasini hisobga olgan holda o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rdik. G'alabaga bo'lgan ishtiyoqimiz va kuchli irodamizni ko'rsata oldik. Finalda barcha maydonda borini tashlagan holda o'ynadi. Bu orqali esa biz tarixiy natijani qayd etdik.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика