So’nggi yangiliklar

10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  0 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  0 08:59МЮ қишда ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи. Жамоа иккита футболчидан бирини танлайди  0 08:31Месси яна бир мундиалда ғалаба қозониш ёки "Олтин тўп"ни қўлга киритиш ўртасида танлов қилди  4 08:03МЮ "бразилиялик Холанд"га қизиқиш билдирмоқда  0 07:37Аморим: "У мен учун ҳақиқий намуна"  0 00:58"Атлетико" Симеоненинг ўғли билан шартномани узайтиришга яқин турибди  0 00:16Родриго Лондон клубига ўтадими?  1 23:10"Манчестер Юнайтед" Кеннет Айхгорнга қизиқиш билдирмоқда  1 22:25"Ливерпуль" ва "Ювентус" "Бавария" форварди учун курашмоқда  3 21:38"Барселона" Кейн учун 64,5 млн евро товон пули тўлашга тайёр. "Бавария" форварди Левандовскийнинг ўрнига идеал номзод сифатида кўрилмоқда  11 20:58U-21 биринчилиги. "Пахтакор" - чемпион!  3 20:36Эндрик учун янги даъвогар пайдо бўлди  2 19:55Криштиану Роналду қизини 8 ёши билан табриклади: "Даданг сени жуда яхши кўради ????"  5

FIFA prezidenti: "Evropa chempionatini ham har ikki yilda bir marta o'tkazish mumkin. 100 yil avval 40 ta davlatda futbol o'ynashardi, hozir 200 dan ortiq" Yangiliklar

FIFA prezidenti: "Evropa chempionatini ham har ikki yilda bir marta o'tkazish mumkin. 100 yil avval 40 ta davlatda futbol o'ynashardi, hozir 200 dan ortiq"

FIFA prezidenti Janni Infantino Evropa chempionatini har ikki yilda bir marta o'tkazish imkoniyati borligini aytdi.

"Avvaliga shuni aytmoqchimanki, jahon chempionatini har ikki yilda bir marta o'tkazish mening taklifim emas. FIFA Kongressi azolarining 88 foizi, jumladan, aksariyat Evropa davlatlari bunday islohotning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun ovoz berdi.

Biz jiddiy tadqiqot olib bordik, sport nuqtai nazaridan jahon chempionati har ikki yilda bir marta o'tkazilishi mumkinligini ko'rsatdi. Bu holatda terma jamoalar uchun o'yinlar kamroq bo'ladi, ammo emociyalarga boy o'yinlarga ko'proq guvoh bo'lamiz. Evropa chempionatini ham har ikki yilda bir marta o'tkazish mumkin.

Italiya jahon chempionatlarida tez-tez o'ynaydi va bu turnir sport nuqtai nazaridan mamlakatga kuchli tasir o'tkazadi. Ammo ko'pgina mamlakatlarda bunday imkoniyat yo'q, chunki turnirda bor-yo'g'i 32 ta jamoa ishtirok etadi.

100 yil muqaddam jahon chempionati har to'rt yilda bir marta o'tkazilishi qaror qilingan edi. O'shanda futbol faqat dunyoning 40 mamlakatida - Evropa va Janubiy Amerikada o'ynalgan. Bugungi kunda bizda 200 dan ortiq terma jamoalar mavjud. Bu holat hisobga olinishi kerak.

Bu loyiha iqtisodiy tarafdan barcha uchun ijobiy tasir o'tkazadi", — dedi Infantino.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика