So’nggi yangiliklar

22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  2 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  2 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  4 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  11 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  18 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0 18:07"Барселона" бельгиялик вингерга кўз тикди  0 17:38"Барселона" "Атлетико" футболчисини Левандовскига ўринбосар деб билмоқда  4 17:12Ўзбекистон иқтидорларининг энг катта бозори — U-19 чемпионати плей-офф баҳслари эртадан старт олади  2 16:37U-17 Жаҳон чемпионати. Панамани олдин ҳам ютганмиз  4 16:14Ўзбекистон U-17 устози Исмоиловга водий жамоалари қизиқмоқда  18

FIFA argentinalik muxlislarning noroziligiga sabab bo'lgan munozarali qaror qabul qildi Yangiliklar

FIFA argentinalik muxlislarning noroziligiga sabab bo'lgan munozarali qaror qabul qildi

Ushbu qaror argentinalik muxlislarning g'azabini qo'zg'atdi. Ramzlarning ustidan plakat qoplangan, hatto orollar tasviri aks etgan bosh kiyim kiyganligi sababli faxriy kishining stadionga kirishi taqiqlangan.

Xalqaro futbol federaciyasi (FIFA) 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi jahon chempionati doirasida orollar sharafiga nomlangan "Mendoza" stadionida o'rnatilgan davlat bayrog'i Folklend orollari (ispanchada Malvin orollari) ramzini berkitishni talab qildi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi.

"Malvinas", "Antartida" va "Atletiko Sur" kotibi Gilermo Karmona xalqaro tashkilotning ushbu qarorini tanqid qildi. SHuningdek, u Mendoza hukumati bu haqda Tashqi ishlar vazirligi bilan maslahatlashmagani va FIFA bilan muzokaralarda qoniqarli tushuntirish berilmaganini takidladi.

Bir paytlar urushda qatnashgan Ektor Naveda ismli faxriy tomoshabin o'zi uchun odatiy bo'lgan Folklend orollari tasviri tushirilgan bosh kiyimda kelgani sababli seshanba kuni "Mendoza" stadionida bo'lib o'tgan AQSH va Fiji uchrashuviga kiritilmadi. 

"O'z provinciyamda bunday voqeaga duch kelaman deb sira o'ylamagandim. Stadionga borganimda, ikki FIFA xavfsizlik xodimi meni kirita olmasligini aytishdi. "Nega?" deb so'rasam, Folklend tasviri tushirilgan bosh kiyim kiyganimni aytishdi va uni echishni so'radi. Men esa bosh kiyimni echmasligimni, ortga ham qaytmasligimni aytdim. CHunki men hech qanaqa provokaciya qilgani kelganim yo'q. Aybim Folklend faxriysi bo'lganimmidiki, policiya meni olib chiqib ketishdi. Men o'zim uchun xafa bo'lganim yo'q, balki birinchi marta nabiram bilan o'yinga kelgandim", dedi faxriy ishqiboz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика