So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Fevzi Davletov: "Bizga bu g'alaba juda kerak edi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Bizga bu g'alaba juda kerak edi"

Superliga 14-turidan o'rin olgan OKMK - "Surxon" uchrashuvidan so'ng (0:1) mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bizga bu g'alaba juda kerakli edi. "Sho'rtan" bilan o'yindagi natijada o'zimiz aybdormiz. Bugungi uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Birinchi bo'lim juda sifatli bo'ldi. Ikki jamoa ham tezroq gol urishga harakat qildi. Tanaffusdan keyin gol urdik, ikkinchi golni ham urishimiz mumkin edi. Vaziyatlarimiz ham etarlicha bo'ldi. Gol urmaganimizdan so'ng asabiylasha boshladik. Keyin esa hisobni saqlab qolishga harakat qildik. Yigitlar barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Birinchi davraning safar uchrashuvlaridagi dastlabki g'alabamizni qo'lga kiritdik" - deya fikr bildirdi Fevzi Davletov bugungi uchrashuv haqida.


- "Sho'rtan"ga qarshi o'yindan so'ng tayyorgarlikda va taktikada qandaydir o'zgarishlarga qo'l urdingizmi?


- Ha, o'zgarish qilsak bo'lardi, ammo biz himoyada mustahkamroq o'ynashimiz kerak edi. Oddiy vaziyatlarda xatolarga yo'l qo'ydik va alamli tarzda mag'lub bo'ldik. Bugun esa biz g'alaba qozona oldik.


- Iqtidorli Asilbek Jumaev maydonda katta hajmdagi ishni bajaradi, ammo so'nggi yarim yil davomida Jumaevda realizaciya masalasida muammolar kuzatilayotgan edi. Bugungi gol, yosh futbolchiga yanada ko'proq gol urishga yordam berishi mumkinmi?


- U ko'p mehnat qiladi, ammo realizaciya - muhim jihat. Masalan, Evropa futboliga qarang, vingerlar bir mavsumda nechta gol uradi. Ushbu jihat ustida yanada ko'proq ishlashi kerak. Ko'proq gol ursa, men faqatgina xursand bo'laman. Asilbek bugun yaxshi paslarni ham amalga oshirdi.


- O'tgan o'yinlarda jamoada realizaciya masalasida katta muammolar kuzatilgan edi. Bugungi o'yinda ham "Surxon" vaziyatlardan foydalanish bo'yicha qiyinchiliklarga duch keldimi?


- Biz har doim etarlicha vaziyatlar yarata olyapmiz. Endi "Buxoro"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Shundan so'ng, realizaciya masalasida ish olib boramiz. Bu ishga jiddiy yondashishimiz kerak bo'ladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика