Fernandesh: "Ronalduning hayotiga ham, qarorlariga ham aralashmoqchi emasman"
		
		21 iyu 2022 00:12
        Yangiliklar	
	 
				 
				Fernandesh: "Ronalduning hayotiga ham, qarorlariga ham aralashmoqchi emasman"
"Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandesh hujumchi Krishtianu Ronalduning jamoada emasligi haqida gapirdi.
			"Ronaldu murabbiyga, klubga nimalar deganini ham, uning miyasida qanday hayollar borligini ham, ketishni istaydimi yoki yo'q, hech nimani bilmayman. Bu haqda undan so'ramadim.
Krishtianu o'tgan mavsum bizning to'purar bo'ldi, bizga ko'plab gollar urib berdi. Biroq uning holatga qanday qarayotganini bilmayman. Qarorni klub va Ronaldu qabul qiladi.
Ronalduning oilasida muammolar borligini barcha bilib turibdi. Uning shaxsiy hayotiga hurmat bilan qarash, bu borada bezovta qilmaslik kerak. Mashg'ulotlarga kelmay qolganida undan oilasi haqida so'ragandim. U menga holatni tushuntirib bergan.
Ronalduning hayotiga ham, qarorlariga ham aralashmoqchi emasman. Barchaning qarorini hurmat qilaman", - dedi Fernandesh.
O’xshash yangiliklar
 championat.asia
                   
                   
			
		
		
			championat.asia
		
	 
             "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
                    "Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
                    Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
                    Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
                    Педри ва Ямаль "Эл Класико"дан кейин ижтимоий тармоқларда Карвахални кузатишни тўхтатди
Fikrlar