Fernandes: "CAS nega "Real" sankciyalari muddatini qisqartirgani sababini bilsak yomon bo'lmasdi"
22 dek 2016 10:25
Yangiliklar
Fernandes: "CAS nega "Real" sankciyalari muddatini qisqartirgani sababini bilsak yomon bo'lmasdi"
"Barselona"dagilar Lozannadagi sport arbitraj sudi FIFAning "Real" borasida chiqargan qarorini nega qisqartirishi haqida bilishmoqchi.
Bu haqda Kataloniya sport klubi direktori Robert Fernandes aytdi.
"CAS nega "Real" sankciyalari muddatini qisqartirgani sababini bilsak yomon bo'lmasdi. "Real" va "Barselona" o'rtasidagi farqni bilmoqchiman. Haqiqatni bilish futbol foydasiga bo'ladi. Advokatlarning javobini kutishimizga to'g'ri keladi" - deydi Fernandes.
"Real" va "Atletiko" FIFA tomonidan ikki transfer oynasi mobaynida yangi futbolchilarni xarid qilishi taqiqlangan edi. Ammo keyinroq "Real" 90 kun ichida muammoni o'z foydasiga hal qildi. Oldinroq xuddi shu jazo "Barselona"ga qo'llanilgan edi, ammo Kataloniya klubining apelyaciyasi qabul qilinmagan.
championat.asia
ЕЧЛ. "Ньюкасл" "Камп Ноу"да зор йиғлаган кеча ёхуд "Барселона" чорак финалда!
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бу мавсум ҳам "Манчестер Сити"ни мағлуб этиб, чорак финалга йўл олди
"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Fikrlar