Ferdinand: "Keyn "Siti"ga o'tsa, hech kim ajablanmasdi"
12 okt 2022 17:16
Yangiliklar
Ferdinand: "Keyn "Siti"ga o'tsa, hech kim ajablanmasdi"
2021 yilning yozida "shaharliklar" angliyalikni sotib olmoqchi edi, ammo "Tottenxem" hujumchini qo'yib yubormadi. "Siti" esa "Borussiya" Dortmunddan Erling Holandni safiga qo'shib oldi.
"Agar men "Siti"ning o'rnida bo'lganimda, Holandni qo'lga kiritishdan oldin Keynni sotib olishga harakat qilgan bo'lardim. U to'purar, jarima maydonchasida "qotil", juda sovuqqon.
O'ylaymanki, u "Siti"da ajoyib o'ynagan bo'lardi. Agar hozir uning o'rnida bo'lganimda, Holandning o'yinini ko'rib, qayd qilib yuborgan bo'lardim. CHunki uning o'rnida bo'lib qolish istagida yonardim.
Keyn o'tgan mavsum "Siti"ga CHempionlar Ligasida g'alaba qozonishiga yordam bergan bo'larmidi? Keyn bilan ular g'alabaga yaqinroq bo'lardi.
Keyn o'shanda o'zining "Tottenxem"dagi yutuqlarini hech narsa obro'sizlantira olmaydi, deb o'ylagan. Bu uning uyi, uning vatani, agar u "Siti"ga o'tsa, hech kim ajablanmasdi", – dedi MYU sobiq himoyachisi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar