Feliks "Atletiko" yoshlar jamoasida mashg'ulot o'tkazmoqda
11 iyu 2023 19:20
Yangiliklar


Feliks "Atletiko" yoshlar jamoasida mashg'ulot o'tkazmoqda
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Joau Feliks Madrid klubi yoshlar jamoasida mashg'ulot olib boryapti.
Avvalroq portugaliyalik futbolchi "CHelsi"da ijaradan qaytgandi.
OAV futbolchining bosh murabbiy Diego Simeone bilan munosabatlari keskin ekanini yozmoqda.
Avvalroq Feliks "Atletiko"da to'p tepgan 7-raqam hujumchi Antuan Grizmannga o'tgani maxlum bo'lgandi.
Feliks katta ehtimol bilan shu yozda jamoani tark etadi. Unga PSJ va "Benfika" klublari qiziqmoqda.
O’xshash yangiliklar
17:05
Modrichga "Real"dan yangi taklif tushmadi – La Liganing navbatdagi turida xayrlashuv kutilmoqda 4

Fikrlar