So’nggi yangiliklar

19:25"Манчестер Юнайтед"нинг Лига кубоги 2-босқичидаги рақиби аниқланди  1 18:58"Манчестер Сити"нинг янги футболчиси 10-рақамли либосни олади  0 18:30"Одил Аҳмедов ФА" U-16 "Реал", "Динамо" Тбилиси ва "Црвена Звезда" билан ўйнайди   1 18:12"Атлетико" "Ал Насср" аъзосига даъвогар  0 17:44"Реал" собиқ футболчиси Туркия клуби билан музокаралар олиб бормоқда  0 17:15"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаев учун ЦСКАга пул ўтказолмаяпти  13 16:52"Бухоро" "Хоразм" билан муроса кўчасини танлаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 16:35"Динамо" футболчилари микст-зона орқали ҳаракатланмади, "Навбаҳор" стадиони ходими захира ўриндиғи ёнига туриб олди, "Қўқон-1912" "Бобур Арена"га киришда муаммога дуч келди — Лига комиссарлари билдиргиси  4 16:18Гринвуд "Ал Насср"га қўшилиши мумкин  3 15:55"Нефтчи" посбони, 1:0 ҳисобида ютган мураббий, дублга эришган ҳужумчи — Суперлигада 18-турнинг энг яхшилари   3 15:41Элдор Шомуродов "Викинг"га қарши баҳсдан сўнг нималар деди?  6 15:13Суперлига 18-тур рамзий терма жамоаси  6 14:46"Манчестер Сити" Родриго борасида "Реал" билан музокараларни бошлади  2 14:18"Барселона" янги мавсум олдидан катта йўқотишларга учради  14 13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  6

Farzand... Yangiliklar

Farzand...

Teglar :  Farzand
Bazida farzandini mehribonlik uyiga bergan ota-onalarni ko'ramiz, o'z ota-onasini muruvvat uyiga beradiganlar ham yo'q emas.

Ular haqida eshitganimizda ichimizdan bir yoqimsiz hislar o'tadi. SHu ham ota-onada deymiz.

Bazi ota - onalar bor, farzandini maktabida nima qilayapti, kim bilan do'stlashyapti ishi yo'q. Yallo qilib yurishni yaxshi ko'radi. Topgan pulini ko'cha kuyga sarflaydi, buni "ko'cha xandon, uy zindon" deyishadi. Kafega kirib quyuq-suyuq taom tanovul qiladi. Kaboblar, bir zumda tayyorlanib kelingan salatlar. Uyda ayoli farzandi bilan nima istemol qilayapti, uning ishi yo'q. Nima esa, eyavermaydimi? Qiyinchilik bilan o'z kuchi bilan biron bir yutuqqa erishib qolsa, choyxonada kerilishni biladi, "mening farzandimda". Ha endi bola nima qiladi, otasini ko'chaga uloqtiradimi, ota qilgan xatoni takrorlamaydi albatta, o'zbekmiz, ota deydi.

Paytida choyxonadan bo'shamagan, og'aynilarining oldida uyalmaslik uchun eng sara kiyimlarni ham o'zi kiyingan. Farzand nima, ko'chada chang ko'tarib yurib katta  bo'lib qolaveradi. 

Baxtimizga bundaylar ko'p emas. Namunaviy ota - onalar bisyor Vatanimizda. Masalan mening otam zavodda oddiy ishchi bo'lganlar, onam 1989 yildan beri maktabda dars beradilar. To'rt farzandning to'ng'ichiman. Ota-onamning birinchi maqsadi meni yaxshi o'qishda o'qitish bo'ldi. Birinchi urinishdayoq Universitetga kirdim, "kontrakt". To'rtinchi kursni bitirayotganimda keyingi ukam ham huddi men kabi institutga kirdi, shartnoma ketidan, shartnoma. Uchinchi ukam kollejda yaxshi o'qiganligi uchun grand yutdi, naqqosh, institutga "byudjet"ga kirdi. Faqat kenjamiz hozircha o'qishga kirmadi. Ota-onam o'shanda qiynalib kontraktimni to'lashi shart emas edi. Eb-ichib yurishsa bo'lardi, unday qilishmadi. Farzandlarini tahsil olishlariga imkon yaratishdi. Mana hozir uni rohatini ko'rib o'tirishibdi. Aynan shunday oilalar tufayli Vatan taraqqiy etadi. O'zim kabi misollarni juda ko'plab ayta olaman, shu maqolani o'qiyotgan Siz ham shunday qiyinchilik bilan katta bo'lgan bo'lishingiz mumkin. Bugun ota - onaningiz duosini olib yuribsiz. Ota-ona uchun bundan ortiq yana qanday yutuq bo'lishi mumkin?

Muallif nega bu gaplarni aytayapti degan hayoldasiz. Futbol ham bu oila!

Bugun bizning oliy liga klublarimiz o'z futbol maktablariga qaramasdan bugungi kunlari bilan yuribdilar. Futbol maktablaridagi o'sha klubga tegishli bolalar qanday to'pda futbol o'ynayapti, egniga qanday kiyim kiymoqda, ularga kim futbolning dastlabki sir-asrorlarini o'rgatayapti ishi yo'q. Bugun kelib turgan pul bilan yilni o'tkazib olsa bo'ldi. CHetga chiqadi, qimmatbahor kiyim kechak kiyadi, lekin futbol maktabi uchun bitta to'p so'rab kelgan bolaga, "PUL YO'Q" degan javobini  beradi. 

Yuqoridagi ota kabi, agar o'z kuchi bilan qiyinchilik ila asosiy tarkibga kirib yulduz bo'lsa biron futbolchi, gerdayishni bilamiz, buni mening klubim tarbiyalagan deb sahnadan tushmaymiz. 

Futbol va hayotdagi bog'liqliklar juda ko'p. Agar klub rahbarlari, o'z futbol maktablariga ota sifatida qarasalar, bolalarini bekamu ko'st o'stirsalar, ertaga o'sha emasmi unga rohat bag'sh etadigan. Ertaga o'sha bola katta bo'lib million-million pulni olib kelmaydimi? Bunday klublarimiz yo'q emas, sekin - sekin ko'payishyapti. 

Qisqa qilib aytaman, futbol maktabiga etiborsiz klublarni ko'chani tanlagan otalarga, o'zining faxriy futbolchilarini faoliyatini tugatgach buetibor qoldiradgigan klublarni, ota-onasini muruvvat uyiga topshirgan farzandga o'xshataman. 

"Barsa" va "Real"ni deb ota - onasini haqoratlashga borayotgan farzandlarni esa kimga o'xshatishni ochig'i bilmay qoldim. Sen so'kinayotgan kishingni onasi allaqachon bu yorug' dunyo tark etgan bo'lishi mumkinligi haqida o'ylab ko'rdingmi? Sen so'kinayotgan ona, sen bilan olishayotgan farzandini tungi 2:00da bedor kutib o'tirgan bo'lishi mumkin-ku? Sen so'kayotgan ona, og'ir ahvolda kasalxonada yotgan bo'lishi mumkinmi, mukin! Har bir yozayotgan komentingiz uchun payti kelib, turli holatda javob berish mumkinligi haqida o'ylab ko'rdingizmi? 

Yoshlarga maslahatim, qo'limga telefon tushdi, istaganimni yozaman, kelib birov menga biron narsa dermidi, deb hom hayol bo'lmang! Taqdirni o'zi shundayin to'g'irlab qo'yadi-ki, keyin afsuslanish o'tmay qoladi. Birovni farzandini haqorat qilayapsiz, yillar o'tib huddi o'zingizga o'xshagan bola Sizning farzandingizni shunday haqorat qilsa nima bo'ladi? Uyiga asabiy kelib, alamini oilasidan olsachi? CHuqurlashib ketdim-mi? Aslo yo'q! Qanchadan-qancha kishining tabini xira qilayotganingizni bilasizmi? 

Ex...

Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика