So’nggi yangiliklar

10:24АПЛнинг айни вақтдаги энг яхши футболчилар рейтинги тузиб чиқилди  0 09:55"Насаф"нинг икки футболчиси янги мавсумни "Локомотив"да ўтказади  0 09:26"Андижон" жамоаси футболчиси "Нефтчи"га ўтади  2 08:57"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчиси учун 200 миллион евро тўлашга тайёр  3 08:28"Андижон" ОЧЛ 2 турниридан қанча пул ишлаб топди?  5 07:59"Реал" Алонсонинг илтимосини бажармайди  5 07:30"Насаф" етакчиларидан бири жамоадан кетаётганига ишора қилди  8 02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" ўз майдонида "Ньюкасл"ни қийинчилик билан мағлуб қилди  12 01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  5 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  8 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1

Farruh Zokirov: “Qishki transfer vaqtida tarkibni kuchaytiramiz” Yangiliklar

Farruh Zokirov: “Qishki transfer vaqtida tarkibni kuchaytiramiz”

Futzal bo'yicha Oliy liganing 2-tur uchrashuvlari yakunlandi. “Neftchi” klubi joriy mavsumni omadsiz boshladi.

Klub o'tkazilgan olti uchrashuvda atiga 1 ochko qo'lga kiritdi. Xo'sh, jamoaning muvaffaqiyatsizliklariga nima sabab bo'lmoqda? Bu borada bosh murabbiy Farruh Zokirov bilan bog'landik.

“2-tur natijalariga ko'ra ahvolimiz yaxshi emas.Bu turda chempionat etakchi grandlariga etarlicha qarshilik ko'rsata olmadik. Bazi bir etakchi futzalchilarimizni oilaviy sabablariga ko'ra, Xorazmga olib keta olmadik. Bu ham natijalarimizga o'z tasirini ko'rsatdi. Yoshlar esa jamoaga etarlicha kirishib ketgani yo'q.

Mavsum davomida o'yinlar hali ko'p va vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz. Bazi bir o'yinchilar bilan xayrlashib, jamoaga yangi yoshlarni jalb qilmoqchimiz va selekciyani susaytirmaymiz.

Moliyaviy tomondan barchasi klub tomondan o'z vaqtida bajarilmoqda. Maoshlar bo'yicha kechikish kuzatilgani yo'q.

Qishki transfer oynasida yangi futzalchilarni taklif qilib, yangi shartnomalar tuzilsa,yaxshi o'rinda tugatishga intilamiz. Hozirgi holatdan kelib chiqib yuqori oltitalikni ko'zlab turibmiz”, - dedi Zokirov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика