So’nggi yangiliklar

01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  2 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  1 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  3 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  12 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  29 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  21 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2

Farhod Sohibjonov: "SHu muxlislar uchun ham "Andijon" Superligaga qaytadi" Yangiliklar

Farhod Sohibjonov: "SHu muxlislar uchun ham "Andijon" Superligaga qaytadi"

Viktor Kumikov boshchiligidagi "Andijon" Pro liganing to'rtinchi turida o'z maydonida "Aral Samali"ni mag'lubiyatga uchratdi.

Mazkur uchrashuvda jamoasining ikkita goliga mualliflik qilgan futbolchilardan biri Farhod Sohibjonovdir. O'yindan so'ng yarim himoyachining fikrlari bilan qiziqdik. 


"Xorazm" bilan o'yindan so'ng ruhiy tushkunlikka tushib qolgan edik. Agarda bu o'yinni yutib olsak hammasi o'tib ketardi. Xudoga shukur "Aral Samali"ni mag'lubiyatga uchratdik. Muxlislar oldida yuzimiz yorug' bo'ldi. Xudo xohlasa shu ishqibozlar uchun ham jamoa Superligaga qaytadi.  

Pro liganing dastlabki turlaridan jamoalarni kuchli yoki kuchsizga ajratish qiyin. Raqibimiz ilk daqiqalardan boshlab yaxshi harakat qildi. Birinchi gol esa ishimizni osonlashtirdi. Murabbiyimiz nima bo'lishidan qatiy nazar oldinga pressing qilishimizni aytgandi. 

Maqsadim joriy mavsumni yuqori darajada o'tkazib top klublar safiga borib qo'shilish. Har bir futbolchi katta jamoalarda o'ynashni orzu qiladi",- deydi Farhod Sohibjonov



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика