So’nggi yangiliklar

14:53Меҳди Моҳиби: "Умид қиламанки, CAFA турниридаги ҳолат такрорланмайди"  0 14:36Вирц ёзда "Реал"га ўтадими?  1 14:08Парротт Ирландия терма жамоасининг ноёб ўйинчисига айланди  1 13:39U-19 чемпионати. "Машъал" "Бунёдкор"ни мағлуб этиб, 3-ўринни қўлга киритди  1 13:21Ўруновнинг клубдоши: "Эрон бошқа жамоа, ука"  15 12:54Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан Эрон асосий таркибида йўқотиш  0 12:37Эксперт фикри. Санжар Турсунов: "Шу руҳда давом этсак Миср ҳам, бошқа рақиблар ҳам қўрқинчили бўлмайди"  3 12:10Самуэле Инасио: "Клублар ўртасидаги жаҳон чемпионати мен учун мундиал олдидан тажриба бўлди"  2 11:50Ўзбекистонлик ҳакамлар Бразилия – Франция учрашувида ишлайди  4 11:20МЮ Харри Магуайр бўйича якуний қарорга келди  4 10:42Исроиллик футболчи 99 йилга футболдан четлатилди  9 10:15"Реал"нинг икки нафар футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттириши мумкин   3 09:47Футзал. Бугун 5-тур баҳсларига старт берилади  0 09:20"Оила футболдан муҳимроқ." Адвокат оилавий сабабларга кўра ҳал қилувчи ўйин олдидан Кюрасао терма жамоасини тарк этди  1 08:55Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди  65

Farhod Nishonov: "Kuzatib turdim, futbolchilarim o'yin davomida 12 kilometrdan ko'proq yugurishdi" Yangiliklar

Farhod Nishonov: "Kuzatib turdim, futbolchilarim o'yin davomida 12 kilometrdan ko'proq yugurishdi"

Pro-liganing 3-turidan o'rin olgan "Olimpik MobiUz" - "Mashal" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Yaxshi o'yin o'tkazdik deb o'ylayman. Futbolchilarim bugun kuchli raqibga qarshi yaxshi harakat qilishdi. Golli vaziyatlarimiz bo'ldi, hujumlarni yakunlashda kamchiliklarimiz bor, davomida buni to'g'rilaymiz. "Mashal" vakillari ham yaxshi harakat qilishdi. Hujumchilarimizda jarohat bor, ularga to'liq tiklanib olishlari uchun vaqt kerak.

- Terma jamoa safiga klubdan 10 nafar futbolchi jalb etildi. Bu holat bugungi o'yin natijasiga tasir ko'rsatdi deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, bugungi o'yinda buning tasirini sezmadim. Balki keyinroq ko'rinib qolishi mumkin. Ketma-ket o'yinlar baribir futbolchilarga o'z tasirini ko'rsatadi.

- Darvozabon Samandar Muratbaev oxirgi o'yinlarda yaxshi harakat qilayapti. Uning o'yini borasida fikringiz qanday?

- Samandar o'zi yaxshi ko'rsatayapti. Bizda hozir 3 nafar iqtidorli darvozabonlar bor. SHuning evaziga jamoada sog'lom raqobat yuzaga kelayapti. Samandar Muratbaev o'z ustida ishlashda davom etsa, kelgusida milliy terma jamoaning asosiy darvozaboniga aylanishi mumkin.

- Qanot futbolchilariga etiroz yo'qmi?

- Yo'q, ular berilgan vazifani yaxshi uddalashdi. Murodjon Komilov va Daler Tuxsanovni CataPult orqali kuzatib bordim, o'yin davomida jami 12 kilometrdan ko'proq masofani bosib o'tishdi. Gol urishganida, bu o'zlariga bo'lgan ishonchni yanada ortishiga sabab bo'lardi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика