Farhod Nishonov: "Bunday maydonda sifatli futbol ko'rsatish imkonsiz"
13 apr 22:24
Yangiliklar
Farhod Nishonov: "Bunday maydonda sifatli futbol ko'rsatish imkonsiz"
O'yin haqida
- "Aral" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Bugun 15 daqiqa futbol o'ynadik. Shu vaqt ichida gol ham urdik. Keyin "Aral" jamoasini o'yiniga moslashib qoldik. Xatolar o'zimizdan bo'ldi, himoyada, darvoza chizig'ida. Ikkinchi golni qarang, mingta vaziyatdan bittasida gol bilan tugaydigan holat edi.
- "Olimpik Mobiuz” jamoasi tarkibida Nukusdan 3 nafar futbolchilar bor. Ular haqida fikringiz?
- Albatta iqtidorli futbolchilar. Biz ulardagi shijoatni ko'rib tarkibga jalb qilganmiz. Biroq, hozir ular o'sishda davom etishlari kerak. Bu yoshda o'tish davri bo'ladi. Futbolchi yoki eng yaxshilardan bo'ladi, yoki o'rtamiyonaga aylanib qoladi. Ularda hozir shunaqa davr. Ko'proq o'z ustilarida ishlashlari kerak.
- "Aral" jamoasi bilan o'tgan mavsumda ham to'qnash kelgansizlar. Bu yilgi jamoa bilan o'tgan mavsumdagisi o'rtasida qanday farq sezdingiz?
- Hech qanday farq ko'rmadim. Hozir Pro-ligada barcha jamoalar deyarli bir xil o'yin ko'rsatishayapti. "Aral"ning maydoni yangi deyishgandi, lekin sifati unchalik ham yaxshi emas ekan. Bunday maydonda faqat "Aral"ga moslashib o'ynash mumkin xolos. Sifatli futbol ko'rsatish imkonsiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar