So’nggi yangiliklar

11:53Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Тошкентда Озарбайжон билан ўртоқлик учрашуви ўтказади  0 11:20Каннаваро мураббий сифатида Ўзбекистонга ютқазган ўйинни ёдга оламиз  7 11:06Зидан Жазоир термаси учун ўйнаши мумкин  0 10:38"Кристал Пэлас" ўз рекордини ўрнатди  0 10:08"Шўртан" янги мураббий бошқаради  6 09:49Тожикистон терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  6 09:39Мадрид клублари МЮ хавбеки учун курашади  0 09:09Флик ваъда берди  9 08:41Франция термасининг октябрь ойи йиғини учун қайдномаси эълон қилинди  0 08:14"Пахтакор"нинг асосий футболчиси учун мавсум якунланди  4 07:45Суперлига. Бугун 24-турга старт берилади  9 07:07Омар Момани Каннаваронинг Ўзбекистон МТЖ бош мураббийи бўлишига атаб карикатура чизди  37 06:26ФИФА Жаҳон Чемпионати учун расмий ўйин тўпи — "TRIONDA"ни тақдим этди  3 01:57Европа лигаси. "Астон Вилла"да ғалаба, "Ноттингем Форест"да мағлубият ва бошқа натижалар  2 01:25Погба Франция термасига қайтадими? Дешам жавоб берди  1

Farhod Bekmurotov: “Neftchi” ustidan qozonilgan g'alabani Valijonovga bag'ishlaymiz” Yangiliklar

Farhod Bekmurotov: “Neftchi” ustidan qozonilgan g'alabani Valijonovga bag'ishlaymiz”

Vodiy derbisida “Andijon” safida mazmunli o'yinlari bilan ko'pchilikni etiborini tortgan Farhod Bekmurotov uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Tabiiyki g'alabadan so'ng Farhodning kayfiyati alo darajada edi.

- CHempionatdagi birinchi g'alabani qo'lga kiritdik. Albatta derbida muvaffaqiyat qozonganimizdan mamnunman. Mazkur uchrashuvga puxta hozirlik ko'rgandik. Muxlislarimiz g'alabani sog'inib qolishgandi. SHu bois bugun yutmasak bo'lmasdi.   

- O'yin kutilganidan ham qiyin bo'ldi. Irodali g'alabaga erishdik. Birinchi goldan so'ng qisqa vaqt ichida javob to'pini kiritib oldik. SHu bois aytarli ruhiy tushkunlik bo'lmadi. Ahillik evaziga va murabbiylarning to'g'ri ko'rsatmalari tufayli bugungi uchrashuvda g'alaba qozondik degan bo'lardim.  

- “Neftchi” ham kuchli jamoa. Tarkibda 2-3 yildan buyon biga o'ynab kelayotgan futbolchilar ko'p. Asosiy tarkib o'zagi ularda saqlanib qolgan. Bu esa jamoaviy o'yinni yaxshi yo'lga qo'yilishida muhim o'rin tutadi. Bunday jamoa ustidan g'alaba qozonganimizdan xursandman.

- Kecha jamoamizning etakchi futbolchilaridan biri bo'lmish Otabek Valijonovning tug'ilgan kuni edi. Bugungi g'alaba unga munosib sovg'a bo'ldi deya olaman. Derbidagi g'alabani aynan unga bag'ishlaymiz.

- O'zimga keladigan bo'lsak, to'g'risi ko'rsatgan o'yinim borasida muxlislar va mutaxassislar baho bersin.

- So'zim yakunida shuni aytib o'tmoqchimanki, bugungi uchrashuvda bizni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab turgan sodiq ishqibozlarimizga minnatdorchilik bildiraman. Umid qilamanki, kelgusi o'yinlarda ham muxlislarimizni xursand qilamiz, - deydi Bekmurotov.

"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика