So’nggi yangiliklar

01:59Миллатлар лигаси. Англия она диёрида мағлуб қилинди ва бошқа натижалар  4 01:28Алиризо Жаҳонбахш: "Жамоалар ва индивидуал маҳорат ўртасида катта фарқ бор"  7 01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  6 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  7 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  4 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  69 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  31 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  110 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  699 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3

Faoliyatini erta yakunlagan va jamoasini Oliy ligaga olib chiqqan sobiq darvozabon Ilhom Jumanov bilan suhbat Yangiliklar

Faoliyatini erta yakunlagan va jamoasini Oliy ligaga olib chiqqan sobiq darvozabon Ilhom Jumanov bilan suhbat

Kelajagi porloq deya etirof etilgan va yoshlar terma jamoasida o'ynagan darvozabon Ilhom Jumanov bugungi kunda Pro ligada ishlamoqda.

U klubning darvozabonlar murabbiyi sifatida o'zini sinab ko'rmoqda. Etiborlisi shundaki, Jumanov 2021 yilda Tojikiston quyi ligasida “Ravshan” klubini boshqarib, Oliy ligaga olib chiqdi. Keyinchalik jamoa bilan xayrlashib, faoliyatini o'zimizda davom ettirmoqda. Yaqinda u bilan suhbatlashib, turli mavzulardagi savollarga javob oldik.


- Pro liga ishtirokchisi bo'lgan “Yangier-quruvchi”da ish boshlashingiz qay  tariqa amalga oshdi?

- Albatta, klub tomonidan taklif bo'ldi. Aslida o'tgan yilda ham menga ular aloqaga chiqishgan edi. Biroq Tojikistonda faoliyat olib borayotganim sababli kela olmagandim. Bu yil esa oilamga yaqinroq bo'lishni istadim va “Yangier-quruvchi”dan tushgan taklifni qabul qildim. Aslida menda bir nechta variantlar bo'lgandi. 

- O'tgan yili Zafarobodning “Ravshan” klubini quyi ligadan elitaga olib chiqa oldingiz. Bu qay tariqa amalga oshdi?

- Bilasizmi, 2019 yilda men “Ravshan” jamoasida o'ynovchi murabbiy sifatida ikkinchi ligadan yuqoriga olib chiqqan edim. Birinchi ligada legionerlarga o'ynash huquqi yo'qligi va o'zimda yuzaga kelgan ayrim sabablarga ko'ra, futbolchilik faoliyatimni yakunladim. So'ngra murabbiy sifatida ish boshladim. Klub rahbari bilan kelishgan holda jamoani yangi mavsumga tayyorladim. Birinchi davraga qadar o'zim to'liq boshqardim. Ikkinchi davra oldidan Rahmatullo Fuzaylov olib kelindi. U bilan birgalikda jamoani Oliy ligaga olib chiqdik. 

- Vazifani bajarish vaqtida qiyinchiliklar yuzaga keldimi?

- Albatta, qiyinchiliklar bo'ldi. Murabbiy sifatida ishlash juda qiyin. Futbol o'ynash ancha osonroq deb o'ylayman. Legionersizlar, mahalliy o'yinchilar bilan ishlagan holda maqsadga erishdik.  Qiyinchiliklar bo'ldi, ayniqsa, mahalliy futbolchilar bilan til topishishda, natija ko'rsatishda qiyinchiliklar kuzatildi. 

- Oliy ligaga chiqishda mehnatingiz sindi. Lekin elitada ishtirok etayotgan vaqtida siz ishlamayapsiz. Bu sizga og'ir botmayaptimi?

- Albatta, bu har qanday murabbiyga alam qiladi. Lekin oilamni birinchi o'ringa qo'yib, sharoitimdan kelib chiqqan holda bora olmadim. Holatimni klub rahbariyatiga tushuntirdim. Oliy ligada ishlamoqchidim, yanada malaka oshirish niyatida bo'lgandim. SHunday bo'lsada, nolimayman. Pro ligada ishlayapman, kelgusida Superligada ham ishlash imkoni bo'ladi. Asosiysi, sabr qilib, tajriba to'plashda davom etaman. 

- Tojikiston futboli saviyasi biznikidan ancha ortdami?

- O'zbekiston futboli bilan solishtirib bo'lmaydi. Saviya jihatidan bizdan ancha past. Qolaversa, sharoitlar, boshqa jihatlar tomonidan ham ortda. Lekin vazifani oson bajardik deya olmayman. Biz oxirgi turlarga qadar kurashdik va yakunda 2-o'rinni egallagan holda Oliy ligaga yo'llanma oldik. 

- Odatda, darvozabonlar uzoq vaqt to'p tepadi. Negadir, siz faoliyatingizni erta yakunladingiz. Qo'lqoplaringizni barvaqt mixga ildim deb o'ylaysizmi?

- Erta tugatdim deb o'ylayman. O'zim ham ko'proq o'ynashni istagandim. Faoliyatimni erta tugatishga asosiy sabablardan biri jarohatlar bo'ldi. Ko'p marotaba shu holatga tushdim. Bundan tashqari, ko'p vaqtimni birinchi ligada o'tkazdim. Aslida menga ham vaqtida yaxshi jamoalardan takliflar bo'ldi. Yakuniy qaror vaqtida ikkilanishlar bo'lib, imkoniyatlarimni qo'ldan chiqardim. Ochiq gapiraman. Deylik, ayrim murabbiy o'zi bilan futbolchilarni chaqiradi. O'sha men o'ynagan vaqtlarda bu holat bo'lgan.  Yoki birorta mutaxassis bilan yaxshi munosadatda bo'lsangiz, o'zingiz unga qo'ng'iroq qilib, jamoasiga chaqirishini so'rash holatlari ko'paygan edi. Men esa ishlagan barcha murabbiylarim bilan munosabatlarim yaxshi bo'lsada, birortasiga qo'ng'iroq qilib, meni jamoangizga taklif qiling demaganman. O'zimga bo'lgan ishonch orqali erishishga intilganman. Yuzaga kelgan yaxshi imkoniyatlardan foydalana olmaganimdan keyin,  ko'p vaqtimni quyi ligada o'tkazdim, so'ng faoliyatimni tugatib, murabbiylikni boshlash istagi paydo bo'ldi. SHu tariqa ertaroq bo'lsada, qo'lqoplarimni mixga ildim. 

- Faoliyatingiz davomida qaysi jamoalardan yaxshi takliflar bo'lgan? Nega ularni qabul qilmagansiz?

- O'sha vaqtlari Oliy liga (hozirgi Superliga) jamoalari tomonidan taklif bo'lgan. Ahmad aka Ubaydullaev boshchiligidagi yoshlar terma jamoasi azosi edim. Hammasi yaxshi ketayotgan vaqtda “Paxtakor”, “Mashal” va yana bir nechta klublardan taklif bo'lgan. Ular orasida eng yaxshisi so'zsiz “Paxtakor” bo'lgan. Afsuski, tanlovda men adashdim. Bir necha yaxshi insonlar maslahat bergan vaqtida yaquniy qarorga kela olmaganman. Ayrim maslahat bergan insonlarga quloq tutganman. Yani, u erga borib nima qilasan, undan ko'ra, bu jamoada o'yna qabilidagi gap-so'zlarga etibor berganman. SHu tariqa faoliyatimni birinchi ligada davom ettirib, shu erda qolib ketdim. Menda hech qanday salbiy xarakter bo'lmagan. Doimiy ravishda o'z ustimda ishlab kelganman. Yakuniy qarorni qabul qilishda ikkilanishlar bo'lgan.

- Birga ishlagan murabbiylaringiz orasida kimlardan ko'p jihatlarni o'zlashtirgansiz?

- Ko'p murabbiylar bilan ishladim va ulardan ancha tajriba oldim. Deylik, yoshlar terma jamoasi safida bo'lgan vaqtimda Ahmad aka Ubaydullaevdan ko'p bilimlarni oldim. Darvozabonlar murabbiylari orasida Marat Galimov, Denis Ivankovdan ko'p narsa o'rgandim. Xullas, kim bilan ishlashimdan qatiy nazar, o'zimga kerakli bo'lgan saboqni olganman.

- Hozirgi kunda yaxshi saviyali darvozabonlar etishmasligiga nima sabab bo'lmoqda?

- Menimcha, yoshlar bilan ishlashda tizim noto'g'ri. Bu albatta mening shaxsiy fikrim. CHunki darvozabonlar bilan ishlashda kamchiliklar bor. Mutaxassislar etishmayapti. Natijada, yoshlar o'sishga qiynalmoqda. Muammolardan yana biri ular o'z ustida ishlamay qo'yishgan. Futbolda mehnatsiz natija qila olmaysiz. O'sish uchun har kuni o'z ustingizda ishlashingiz kerak. 

- “Yangier-quruvchi”dagi faoliyatingiz sizga tramplin bo'ladi. Murabbiy sifatida aniq maqsadingiz qanday?

- Yuqori maqsadlarni qo'yganman. Kelajakda Superligada ishlamoqchiman. Ishonamanki, men elitada ishlashga tayyorman. Saboq olyapman, o'z ustimda ishlamoqdaman. Marrani yuqori olish va qo'ygan maqsadlar sari intilmoqchiman. Futbolda erishmagan maqsadlarni, murabbiylik orqali amalga oshirmoqchiman. Qolaversa, orzularimdan yana biri  terma jamoalarda ham faoliyatimni davom ettirish istagi bor.


Samandarbek suhbatlashdi


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика