Fabregas: “Hayotimdagi eng yomon yil. Bunday yakunlashni istamayman”
14 may 2022 10:00
Yangiliklar
Fabregas: “Hayotimdagi eng yomon yil. Bunday yakunlashni istamayman”
“Monako” azosi Sesk Fabregas yozda jamoadan ketishini aytdi.
35 yoshli yarim himoyachi jarohati tufayli 2021/22 yilgi mavsum besh uchrashuvda maydonga tushdi.
“Men va “Monako” o'rtasida bari o'z nihoyasiga etdi albatta. SHartnomam iyunda yakunlanadi va hammasini boshidan boshlamoqchiman. Yangi chaqiruvlarga muhtojman.
Nafaqat faoliyatim, balki hayotimdagi eng yomon yil bo'ldi, chunki futbolda baxtsiz bo'lsam, hayotda ham shunday bo'laman. Bu yil juda ko'p azob chekdim va menga ruhiy tomondan qiyin bo'ldi. Bu yil shu qadar yomon o'tdiki, men bunday yakunlay olmayman. O'ynashda davom etmoqchiman”, deydi ispaniyalik.
35 yoshli xavbek 2019 yildan beri “Monako” sharafini himoya qilib keladi. U jamoa libosida umumiy 68 o'yinda qatnashib, 4+9 natijaga erishgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar