So’nggi yangiliklar

17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  2 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  11 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5

Evropada kuchlar tenglashmoqda, yana 3ta debyutantni ko'ramizmi? Yangiliklar

Evropada kuchlar tenglashmoqda, yana 3ta debyutantni ko'ramizmi?

Kecha Islandiya terma jamoasi "A" guruhida Qozog'iston bilan durang o'ynagan holda muddatidan avval Evro-2016 yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Guruhda Gollandiya, Turkiya va CHexiya terma jamoalariga qarshi kechgan o'yinlarda ochko yo'qotmagan islandlar, qo'xna qita chempionatida ishtirok etadigan 32 jamoa bo'ldi.

SHu kungacha Evroda 31ta terma jamoa qatnashgan. Eng ko'pi Germaniya, 11 marotaba. Undan keyin Ispaniya va Gollandiya terma jamoalari. Ularning hisoblarida 9tadan chempionat bor. Katta ehtimol bilan bu yil Ispaniya Gollandiyadan bitta musobaqaga o'zib ketadi. 

2012 yil Ukraina o'z mamlakatida bo'lib o'tgan turnirda debyut qilgan edi. Saralash o'yinlarida muxlislar hech qanday sensaciya ko'rmagan edilar. Eng ko'p debyutantni 1996 yil Angliyada bo'lib o'tgan musobaqada ko'rganmiz. O'shanda CHexiya, Turkiya, Rossiya, Xorvatiya, SHveycariya va Bolgariya terma jamoalari chempionatda debyut qilgan edilar. 1992 yil MDH terma jamoasi qatnashgan. Sobiq Ittifoq terma jamoasi hisobida esa 5ta turnir mavjud. SI va MDH qayd etgan natijalarga ham Rossiya egalik huquqini qo'lga kiritganligini inobatga olsak, ularning yig'indisi ham to'qqiztaga teng bo'ladi.

Islandiyadan tashqari Uels, SHimoliy Irlandiya va Slovakiya terma jamoalari ham Franciyada bo'lib o'tadigan musobaqada debyutant sifatida ishtirok etishga yaqin turibdilar.

Kecha Uels o'z maydonida Isroil terma jamoasi bilan durang natijani qayd etdi. Agar ular g'alaba qozonganlarida muddatidan avval Evro eshiklarini ochar edilar. Saralash o'yinlari tugashiga ikki tur qolganida Kris Kolman shogirdlari Isroildan 5 ochkoga ilgarilab ketishgan. Bosniya va Gercegovina (4) va Andorra (6) bilan bo'lib o'tadigan o'yinlardan birontasida g'alaba qozonsalar bo'lgani.




Slovakiyaning taqdiri ertaga hal bo'ladi. Agar terma jamoa Ukrainadagi natijasini (0:1) o'z maydonida ham takrorlay olsa "S" guruhida Ispaniya bilan birga Franciyaga boradilar. 

Huddi shunday holatni SHimoliy Irlandiyada ko'rib turibmiz. Bugun irlandlar o'z maydonlarida Vengriya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadilar. Budapeshtda bo'lib o'tgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edilar. Bugun Mayk O'Nil shogirdlari g'alaba qozonadigan bo'lsalar qolgan ikkita o'yinni rasmiyatchilik uchun o'ynab qo'yadilar. 




"Hozir hamma futbol o'ynashni o'rganib oldi". Bu atama na bizning oliy ligamizga, na qitamizga tegishli emas. Futbolni Evropa va Janubiy Amerikada haqiqatdan ham o'ynashni o'rganib olishdi va u erda kuchlar teng bo'lib boryapti. Bizda esa bu baxona.


Nodirxo'ja Yuldashev

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика