Evropa Ligasi: Bugun yarim finalchilar aniqlanadi
10 apr 2014 16:34
Yangiliklar


Evropa Ligasi: Bugun yarim finalchilar aniqlanadi
VALENSIYA – BAZEL
Valensiya. “Mestalya” stadioni.
Bosh hakam: Viktor Kashshai (Vengriya).
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: yo'q – Suxi, Degen, SHtoker.
Bizning taxminiy tarkibimiz mana shunday ko'rinishda:
“Valensiya”: Guaita, Joau Pereyra, Senderos, Matyo, Barragan, Feguli, Dani Parexo, Fuego, Vargas, Alkaser, Jonas.
“Bazel”: Zommer, Embolo, SHer, Sauro, Aliyi, D.Degen, Jaka, De, F.Fray, Dias, So.
Lissabonda ECHL finali o'tkaziladigan stadionda esa “Benfika” Gollandiyaning “AZ Alkmaar” klubi bilan bellashadi. Safarda 1:0 hisobida g'alaba qozongan Jorje Jezush shogirdlarida imkoniyat ancha yuqori. SHu sababli portugallarning yarim finalga chiqishi kutilmoqda.
BENFIKA – AZ
Lissabon. "Da Luj" stadioni.
Bosh hakam: Pavel Kralovec (CHexiya).
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Maksi Pereyra, Gaytan - yo'q.
Bizning taxminiy tarkibimiz mana shunday ko'rinishda:
“Benfika”: Artur, Silviu, Luizau, Garay, Sikeyra, Salvio, Andre Almeyda, E.Peres, Markovich, Kardoso, Lima.
AZ: Alvarado, Yoxansson, Gueleuv, Virgever, Poulsen, Gudel, Ortis, Elm, Bergxeys, Yoxannsson, Berens.
Evropa Ligasining final uchrashuvi bo'lib o'tadigan stadion mezboni “Yuventus” o'z uyida francuz klubini qabul qiladi. Turinliklar Liondan 1:0 hisobidagi muvaffaqiyat bilan qaytishgandi. Antonio Konte jamoasida o'yin saviyasi ancha yuqori.
CHempionatdagi oxirgi uchrashuvda engil zafar quchgan “Yuventus” bu safar ham g'alaba qozonish uchun harakat qiladi. Lekin lionliklar bir paytlar bo'lgani singari kutilmagan sovg'a tayyorlashga urinib ko'rishlari ham turgan gap. Har ikki jamoa barcha etakchi futbolchilardan foydalanish imkoniyatiga ega.
YUVENTUS – LION
Turin. “Yuventus stedium”.
Bosh hakam: Undiano Malenko (Ispaniya).
Bizning taxminiy tarkibimiz mana shunday ko'rinishda:
“Yuventus”: Buffon, Kaseres, Bonuchchi, Kellini, Isla, Vidal, Pirlo, Pogba, Asamoa, Teves, Osvaldo.
“Lion”: Lopes, Tolisso, Kone, Yumtiti, Bedimo, Gonalon, Ferri, Malbrank, Brian, Lakazett, Gomis.
Sevilyada esa eng keskin bellashuv o'tishi kutilmoqda. Portuda 0:1 hisobida engilgan “Sevilya” Portugaliya grandlaridan biri turnirdan chetga chiqarishga urinadi. Unai Emeri jamoasi ayni paytda ECHL yo'llanmasi uchun kurash olib boryapti, biroq Evropa Ligasida yarim final ostonasida ortga qaytishni hech kim istamasa kerak. SHu sababli hujumkor va shiddatli futbolga guvoh bo'lishimiz aniq.
SEVILYA – PORTU
Sevilya. “Ramon Sanches Pisxuan” stadioni.
Bosh hakam: Janluka Rokki (Italiya).
O'yinni o'tkazib yuboradiganlar: Alberto Moreno - Fernandu, Martines.
Bizning taxminiy tarkibimiz mana shunday ko'rinishda:
“Sevilya”: Betu, Koke, Fasio, Parexa, Karrisu, Troxovski, Rakitich, Mbia, Marin, Bakka, Gameyro.
“Portu”: Fabianu, Mangalya, Danilu, Aleks Sandru, Reyes, Defur, Errera, Karlos Eduardu, Kuarejma, Varela, Gilas.
Bexzod Nazarov tayyorladi

Fikrlar