So’nggi yangiliklar

22:57Миллатлар лигаси. Хорватия 90+5 дақиқадаги автогол сабаб ғалабани қўлдан бой берди, Болгария — Люксембург ўйинида 11та сариқ карточка кўрсатилди  6 22:49Миллатлар лигаси. Тез орада бошланадиган бешта ўйин учун таркиблар билан танишинг  1 22:07Ўткир Юсупов: "Эрон билан ўйинда 1 очко ҳам яхши натижа, БААни эса мағлуб этмоқчимиз"  0 21:41Суперлига. "Динамо" — "Навбаҳор" 0:1  0 21:29Мбаппе Франция терма жамоасининг фақат муҳим ўйинларида ҳаракат қилмоқчи. "Реал" форварди 2025 йилги "Олтин тўп"ни кўзлаган  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" 14-турнинг қолдирилган ўйинида "Динамо"дан устун келди  35 20:26Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 19:49"Манчестер Сити"нинг машҳур спорт директори клубни тарк этяпти  4 19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  3 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  43 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  3 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  12 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  6 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  9

Evrokuboklarning guruh bosqichi deyarli tugadi. Buyog'iga musobaqalar qanday davom etadi? Yangiliklar

Evrokuboklarning guruh bosqichi deyarli tugadi. Buyog'iga musobaqalar qanday davom etadi?

Bu yil birinchi marta tashkil qilingan UEFA Konferenciyalar Ligasining faqat bitta uchrashuvini hisobga olmaganda qolgan barcha o'yinlar o'tkazib bo'lindi.

Gap kecha tunda bo'lib o'tishi kerak bo'lgan "Tottenxem" - "Renn" uchrashuvi haqida ketyapti. Malumki, "Tottenxem" klubida koronavirus bilan bog'liq vaziyat jiddiy tus olgani bois o'yin o'tkazilmadi va hozircha nomalum muddatga qoldirildi. 

CHempionlar ligasi va Evropa Ligasidan o'rin olgan barcha guruh uchrashuvlari esa o'z yakuniga etdi va buyog'iga kelasi yildan pley-off bahslari boshlanadi. 13 dekabr kuni har uchala musobaqa uchun qura tashlash marosimini o'tkazish belgilab qo'yilgan. 

Quyida evrokuboklarda kimlar keyingi bosqichga chiqqani haqida malumot berib o'tamiz. 


CHEMPIONLAR LIGASI

Nufuzi jihatdan Evropada eng yuqori o'rinda turadigan CHempionlar Ligasining guruh bosqichida bu yil 32ta jamoa kurash olib bordi. Yakunda 16ta jamoa keyingi bosqichga chiqqan bo'lsa, 8 klub Evropa Ligasiga ravona bo'ldi. SHuningdek, 8ta klub musobaqa bilan xayrlashdi. 

1-o'rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar: 

"Manchester Siti" (Angliya)

"Liverpul" (Angliya)

"Ayaks" (Niderlandiya)

"Real" (Ispaniya)

"Bavariya" (Germaniya)

"Manchester Yunayted" (Angliya)

"Lill" (Franciya)

"Yuventus" (Italiya)

2-o'rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar:

PSJ (Franciya)

"Atletiko" (Ispaniya)

"Sporting" (Portugaliya)

"Inter" (Italiya)

"Benfika" (Portugaliya)

"Vilyarreal" (Ispaniya)

"Zalcburg" (Avstriya)

"CHelsi" (Angliya)

3-o'rin bilan Evropa Ligasiga yo'l olgan jamoalar: 

"Leypcig" (Germaniya)

"Portu" (Portugaliya)

"Borussiya D" (Germaniya)

"SHerif" (Moldova)

"Barselona" (Ispaniya)

"Atalanta" (Italiya)

"Sevilya" (Ispaniya)

"Zenit" (Rossiya)

Musobaqa formatiga ko'ra, 1/8 finalda o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallagan jamoalar ikkinchi o'rindagi jamoalarga qarshi qura natijasiga ko'ra pley-off tizimida bahs olib boradi. ECHL 1/8 final dastlabki uchrashuvlar 15-16 va 22-23 fevral kunlari bo'lib o'tadi. 

Guruhda 3-o'rin bilan Evropa Ligasiga yo'l olgan jamoalar Evropa Ligasi guruh bosqichida 2-o'rinni egallagan klublarga qarshi pley-off tartibida o'yin o'tkazishadi. Pley-off bosqichining birinchi uchrashuvlari 17 fevral, javob bahslari 24 fevralda bo'lib o'tadi. 

 

EVROPA LIGASI

Evropa Ligasi guruh bosqichida ham 32ta jamoa kurash olib bordi. Dastlabki 8ta jamoa 1/8 finalga yo'l olgan bo'lsa, keyingi 8talik pley-off yo'llanmasiga ega chiqdi. Uchinchi o'rinni band etgan klublar Konferenciyalar Ligasiga ravona bo'ldi. 

1-o'rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar:

"Lion" (Franciya)

"Monako" (Franciya)

"Spartak" (Rossiya)

"Ayntraxt" (Germaniya)

"Galatasaroy" (Turkiya)

"Crvena Zvezda" (Serbiya)

"Bayer" (Germaniya)

"Vest Xem" (Angliya)

2-o'rin bilan pley-offga yo'l olgan jamoalar:

"Glazgo Reynjers" (SHotlandiya)

"Real Sosedad" (Ispaniya)

"Napoli" (Italiya)

"Olimpiakos" (Greciya)

"Lacio" (Italiya)

"Braga" (Portugaliya)

"Betis" (Ispaniya)

"Dinamo Z" (Xorvatiya)

3-o'rin bilan Konferenciyalar Ligasiga yo'l olgan jamoalar:

"Sparta" (CHexiya)

PSV (Niderlandiya)

"Lester" (Angliya)

"Fenerbahche" (Turkiya)

"Marsel" (Franciya)

"Mityulland" (Daniya)

"Seltik" (SHotlandiya)

"Rapid" (Avstriya)

Musobaqa formatiga ko'ra, o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallagan klublar 1/8 finalda pley-off g'oliblariga qarshi bahs olib boradilar. Pley-off o'yinlari ECHL guruh boqichida 3-o'rinni egallagan hamda Evropa ligasi gruuh bosqichida 2-o'rinni egallagan klublar o'rtasida bo'lib o'tadi. Dastlabki bellashuvlar 17 fevral, javob o'yinlari 24 fevralda bo'lib o'tadi. 1/8 final uchrashuvlari esa 10 mart kuni start oladi. 


KONFERENCIYALAR LIGASI

UEFAning yangi musobaqasi Konferenciyalar Ligasi guruh bosqichida ham 32ta jamoa ishtirok etdi. Guruhda birinchi o'rinni band etgan klublar to'g'ridan to'g'ri 1/8 finalga yo'l olishdi. Ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan jamoalar esa dastlab pley-offda o'z kuchlarini sinab ko'radi. Qolgan 16ta jamoa esa musobaqani tark etdi. 

1-o'rin bilan 1/8 finalga chiqqan jamoalar:

LASK (Avstriya)

"Gent" (Belgiya)

"Roma" (Italiya)

"AZ Alkmaar" (Niderlandiya)

"Feyenoord" (Niderlandiya)

"Kopengagen" (Daniya)

"Renn" (Franciya)

"Bazel" (SHveycariya)

2-o'rin bilan pley-offga yo'l olgan jamoalar

"Makkabi" (Isroil)

"Partizan" (Serbiya)

"Bodo-Glimt" (Norvegiya)

"Renners" (Daniya)

"Slaviya" (CHexiya)

PAOK (Greciya)

"Karabax" (Ozarbayjon)

P.S. 8-jamoa "Tottenxem" - "Renn" uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi. 

Musobaqa formatiga ko'ra, o'z guruhlarida birinchi o'rinni egallagan klublar 1/8 finalda pley-off g'oliblariga qarshi bahs olib boradi. Pley-off g'oliblari Konferenciyalar Ligasi guruh bosqichida 2-o'rinni egallagan hamda Evropa Ligasi guruh bosqichida 3-o'rinni qo'lga kiritgan klublar o'rtasidagi o'yinlar orqali aniqlanadi. Pley-off uchrashuvlari 17 va 24 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Konferenciyalar Ligasining 1/8 final dastlabki uchrashuvlari 10 martga belgilangan. 


FINALLAR QAERDA BO'LADI?

ECHL finali: 2022 yil 28 may. "Krestovskiy" stadioni, Sankt-Peterburg, Rossiya. 

Evropa Ligasi finali: 2022 yil 18 may. "Ramon Sanches Pisxuan" stadioni, Sevilya, Ispaniya. 

Konferenciyalar Ligasi finali: 2022 yil 25 may. "Arena Kombetare" stadioni, Tirana, Albaniya.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика